Jahon | 21:06 / 03.09.2018
17620
1 daqiqa o‘qiladi
Dayverning kitsimon akula og‘ziga kirib ketishiga bir baxya qoldi
Filippinda norvegiyalik dayver ulkan akula og‘ziga kirib ketishiga bir baxya qoldi, deb yozmoqda Britaniyaning Daily Mail nashri.
49 yoshli Geyr Yoxansen orollardan biri sohilida dayving bilan shug‘ullanayotganida uning yonida kitsimon akula paydo bo‘ldi. Norvegiyalik suratga olmoqchi bo‘lib unga yaqinlashdi.
Avvaliga u akuladan to‘rt metr masofada edi, ammo kutilmaganda to‘g‘ri akula og‘ziga qarab ketib qoldi. Akula esa uni boshi bilan surib tashladi.
Kitsimon akulalar asosan planktonlar bilan oziqlanadi.