Germaniya tashqi ishlar vaziri AQShni bo‘g‘ma ilon bilan solishtirdi
Germaniya tashqi ishlar vaziri Xayko Maas Yevropa ittifoqi va AQSh o‘rtasidagi munosabatlarga izoh berdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, agar AQSh sanksiyalari joriy etilsa, Yevropa ittifoqi AQSh bilan munosabatlarda «bo‘g‘ma ilon oldidagi quyon singari» o‘zini tutmasligi kerak.
Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, hozirgi vaqtda Yevropaning ajralmasligi haqida gap ketayotgani yo‘q.
Maasning ta'kidlashicha, Yevropa ittifoqi qarorlar qabul qilishning yagona tamoyilidan voz kechishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Rossiya prezidenti Vladimir Putin «Yevropa ittifoqini yo‘q qilib tashlash» haqida orzu qilayotganini bildirgandi.
Mavzuga oid
21:00 / 21.11.2024
AQSh–Xitoy ziddiyati va Tayvan omili: Trampdan nima kutish mumkin?
11:15 / 21.11.2024
Putin Tramp bilan Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishni muhokama qilishga tayyor - Reuters
10:46 / 21.11.2024
AQSh Ukrainaga yangi harbiy yordam ajratilishini e’lon qildi
10:31 / 21.11.2024