Xartum konidagi yana bir quduqdan neft qazib olish boshlandi
Mustaqillikning 27 yilligi arafasida Andijon viloyatida joylashgan Xartum konidagi 83-sonli quduqdan neft qazib olish boshlandi. Ushbu quduqning neft debiti kuniga 30 kub metrni tashkil qilmoqda. Bu haqda Kun.uz’ga “O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu quduq zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash yordamida burg‘ilangan bo‘lib, ularning yordamida neft va gaz quduqlarini burg‘ilash jarayoni tez va sifatli amalga oshirilmoqda.
82-sonli quduqning qurilishi 2006-2007 yillarda 18 oy davom etgan bo‘lsa, yuqori texnologiyalarni joriy etish va qo‘llash natijasida burg‘ilangan 83-sonli quduq uchun bor yo‘g‘i 3 oy sarflangan. Bu qurilish jarayonining 600% tezlashgani demakdir.
Bunday natijaga erishishda "O‘zbekneftgaz" AJ, ERIELL Oilfield Services Middle East DMCC kompaniyasi va Xitoyning Xibu kompaniyasi mutaxassislarining birgalikda olib borgan nazorati va amalga oshirgan harakatlarining hissasi katta.
Yaqin kelajakda, qo‘shimcha 3-4 quduqning burg‘ilanishi ko‘zlangan. Undan maqsad, paleogen yotqizig‘ining 8-qatlamidan neftni qazib olishni ko‘paytirish, hamda 4300 metrgacha chuqurlikda joylashgan gazli qatlamlarni baholash uchun yana bir quduqni burg‘ilashdir.
Mavzuga oid
22:45 / 19.11.2024
Madaniy meros agentligi Andijondagi Bobur haykalini ko‘chirish bo‘yicha tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi
10:40 / 19.11.2024
Andijonda Bobur haykalini ko‘chirib, o‘rniga savdo majmuasi, ko‘ngilochar markazlar qurish rejalashtirilmoqda
21:10 / 18.11.2024
Andijonda 1800 gektar yerning toifasi o‘zgartirilib, ishlab chiqarish majmualari quriladi
11:09 / 08.11.2024