Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston Osiyo o‘yinlari sovrindorlari va murabbiylarini mukofotlashga 1,2 mln dollardan ortiq pul ajratadi
2 sentabr kuni Indoneziyada 2018 yilgi yozgi Osiyo o‘yinlari yakuniga yetdi. Unda qozog‘istonlik sportchilar jami 76 medalni qo‘lga kiritishdi: ulardan 15tasi oltin, 17tasi kumush va 44tasi bronza medallardir.
Qozog‘iston hukumati farmoyishiga ko‘ra, oltin medalni qo‘lga kiritgan sportchiga 10 ming, kumush medal uchun 5 ming va bronza medali uchun 3 ming dollar miqdorida mukofot beriladi.
Agarda sportchi ikki va undan ortiq medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, har bir medali uchun mukofotlanadi. Jamoaviy sport turlari va estafetalardagi medallar uchun barcha sportchilarga yuz foiz miqdoridagi muofotlar to‘lanadi.
Shunday qilib, Osiyo o‘yinlari chempioni bo‘lgan qozog‘istonliklar umumiy hisobda 320 ming, kumush medal sohiblari 225 ming va bronza medallariga sazovor bo‘lganlar 767 ming dollar mukofot olishadi.
Osiyo o‘yinlaridagi oltin medal uchun murabbiylar 5 ming, kumush uchun 3 ming va bronza uchun 2 ming dollar mukofot olishadi. So‘ngra bu mukofot birinchi va shaxsiy murabbiylar o‘rtasida teng taqsimlanadi. Qozog‘istonlik chempionlarning murabbiylari umumiy hisobda 160 ming, kumush medalchilarniki 135 ming va bronza medalchilar murabbiylari 148 ming dollar olishadi.
Shu tarzda sportchilar va murabbiylarni taqdirlash uchun respublika byudjyetidan 1 mln 210 ming dollardan ortiqroq mablag‘ ajratiladi.
Eslatib o‘tamiz, bu safargi Osiyo o‘yinlariga O‘zbekistondan 234 nafar sportchi yo‘l olib, ular sportning 30 turi bo‘yicha mamlakat sharafini himoya qilishdi .
Yakunda O‘zbekiston delegatsiyasi 21 oltin, 24 kumush va 25 bronza, jami 70 medalni qo‘lga kiritdi. Bu esa medallarning umumiy soni bo‘yicha ham, oltin medallar soni bo‘yicha ham, kumush va bronza medallar soni bo‘yicha ham natijalar yaxshilanishi bo‘ldi.
Turnirga 45 mamlakatdan 9704 nafar sportchi tashrif buyurdi. Sportning 42 turi bo‘yicha 476 komplekt medallar jamlanmasi o‘ynaldi.
Musobaqa davomida o‘zbekistonliklar Osiyo o‘yinlari rekordlarini yangilashdi. Svetlana Radzivil balandlikka sakrash bo‘yicha uch karra Osiyo o‘yinlari g‘olibiga aylanish bilan bir qatorda, 2010 yilda o‘zi o‘rnatgan rekordni yangilay oldi. Shuningdek, Ruslan Nuriddinov og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo o‘yinlarining yangi rekordchisiga aylandi. Vadim Menkov baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha to‘rt karra Osiyo o‘yinlari g‘olibiga aylangan ilk sportchi bo‘ldi.
O‘zbekiston boks jamoasi esa turnirda yaqqol gegemonlik qildi va katta farq bilan birinchi o‘rinni egalladi.
Mavzuga oid
09:10 / 24.05.2025
Xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblari uchun mukofot puli miqdori oshirildi
19:57 / 22.05.2025
AQShda «doping o‘yinlari» o‘tkaziladi
20:59 / 16.04.2025
Har yili dekabrda «Prezident Olimpiadasi» o‘tkaziladi
11:38 / 02.04.2025