OAV: «Vostok-2018» mashqlari butun dunyoga kuchli signal
Rossiyaning «Vostok-2018» harbiy mashqlari butun dunyo uchun «kuchli signaldir». Bu haqda Handelsblatt yozmoqda.
Nashr ekspertlarining fikriga ko‘ra, ushbu mashqlar dunyoga Rossiya yakkalatib qo‘yilmagani va eng qudratli davlatlardan biri uning ittifoqdoshi ekanini ko‘rsatib beradi.
Ta'kidlanishicha, «Vostok-2018» mashqlari AQShning Rossiya va Xitoy o‘rtasida yaqin harbiy hamkorlik bo‘yicha qo‘rquvini o‘zida aks ettiradi.
Shu bilan birga, «Vostok-2018» mashqlari 1981 yildan beri eng kattasi bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shoygu Rossiyada 37 yil ichidagi eng katta harbiy mashqlar bo‘lib o‘tishi haqida e'lon qilgandi.
«Vostok-2018» harbiy mashqlariga 300 ming harbiy jalb qilinadi, bu 37 yil ichidagi eng katta mashqlarga aylanadi.
Mavzuga oid
00:35
«Yevropadagi istalgan nishonni yo‘q qila oladi» – Putin «Oreshnik» yaratuvchilari bilan uchrashdi
23:13 / 23.11.2024
Kreml yangi safarbarlik bo‘lmasligini ma’lum qildi
22:08 / 23.11.2024
Putin Kursk oblastini qaytarish muddatini belgiladi - Zelenskiy
18:44 / 23.11.2024