Jahon | 08:15 / 04.09.2018
15615
2 daqiqa o‘qiladi

Afrika janubida fillarning ommaviy qirg‘ini sodir etildi

Foto: The Independent

Afrika janubida joylashgan Botsvanada brakonerlar 87 filni o‘ldirgani ma'lum qilindi. Fillar tanalari Okavango daryosi deltasidagi yovvoyi tabiat qo‘riqxonasi yaqinida topilgan. Bu haqda “Chegara bilmas fillar” tashkilotiga iqtibos keltirgan holda BBC News telekanali ma'lum qildi.

Fillar oxirgi 3 oy, aksariyati esa oxirgi bir necha hafta ichida dandon tishi uchun o‘ldirilgan. Bundan tashqari, 5 ta oq karkidon o‘g‘irlab ketilgan. “Men karaxt holdaman. Bu holat men Afrikada ko‘rgan yoki o‘qigan eng katta ko‘lamdagi brakonerlikdir”, deb aytgan “Chegara bilmas fillar” xodimi Mayk Cheyz. Uning aytishicha, fillarning o‘ldirilishi mamlakat hukumatining “tezkor choralar ko‘rishini” talab qiladi.

Botsvanada fillarning eng katta populyatsiyasi yashaydi. Ularning soni 130 mingga yaqinni tashkil qiladi. Ushbu mamlakat fillarning Afrikadagi eng oxirgi boshpanasi deb ataladi, chunki brakonerlar fil suyagi uchun ularni butun qit'a bo‘ylab beayov qiradilar.

Mavzuga oid