Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fermer xo‘jaligidan yer maydoni va'da qilib, pullarni o‘zlashtirib yuborgan shaxslar qo‘lga olindi
Jizzax viloyatining Arnasoy tumanida jinoyat yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.
Ma'lum bo‘lishicha, 18 avgust kuni “O.Vodiy” MFYda yashovchi H.J. ismli ayol murojaat qilib, shu yil fevral va mart oylarida qo‘shnisi, fermer xo‘jaligi raisi Sh.X. va fuqaro N.I., H.J.ning turmush o‘rtog‘iga fermer xo‘jaligidan 3 gektar yer maydoni ajratib berishlarini aytib, aldov yo‘li bilan 6 mln 900 ming so‘m pulini olgani va bergan va'dalarini bajarmay pullarni o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborganliklarini ma'lum qilgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida Sh.X. va X.E. ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
08:42 / 26.05.2025
Yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi
08:37 / 26.05.2025
Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
17:03 / 22.05.2025
«Abdunazarovni majburiy keltirish choralari ko‘rilmoqda» – IIB yuk mashinalariga doir firibgarlik haqida
21:32 / 21.05.2025