Jahon | 10:50 / 04.09.2018
32158
2 daqiqa o‘qiladi

Qo‘lida chaqalog‘i bo‘lgan ayol timsoh bilan birga-bir qolib ketdi

Foto: Getty Images

Ugandada timsoh suv olishga kelgan, qo‘lida besh oylik chaqalog‘i bo‘lgan ayolni sudrab olib ketdi. Bu haqda The Daily Monitor mahalliy nashri xabar bermoqda.

Yirtqich unga qishloqdagi boshqa odamlar bilan Albert ko‘lidan suv olayotganida hujum qildi. Guvohlardan birining ta'kidlashicha, odamlar yaqinlashayotgan reptiliyani (sudralib yoki o‘rmalab yuradigan hayvon) ko‘rishgan va qochishga harakat qilishgan. Natijada, qo‘lida chaqalog‘i bo‘lgan ayol timsoh bilan yakkama-yakka qolgan.

«Mahalliy aholi vakillari uni qutqarib qolishga urinishdi, biroq ularning sa'y-harakatlari besamar ketdi, sababi timsoh uning tanasini sudrab, suv ostida g‘oyib bo‘lgandi», - deydi voqeaga guvoh bo‘ldi ayollardan biri. Chaqaloq ham halok bo‘lgan. Ularning jasad qoldiqlarini topishning imkoni bo‘lmagan.

Uganda va Kongo chegarasida joylashgan Albert ko‘lida nil timsohlari yashaydi. Ularning uzunligi besh metrgacha bo‘lishi, juda tajovuzkor hamda qora karkidon, begemot, jirafa, Afrika buqasi va sher kabi katta hamda kuchli hayvonlarni yengishi mumkin.

Mavzuga oid