Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘anning Qirg‘izistonga tashrifi vaqtida Turkiya FeTO tashkilotiga aloqador 130 shaxsdan iborat ro‘yxatni taqdim etdi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning Qirg‘izistonga rasmiy tashrifi vaqtida Turkiya delegatsiyasi Qirg‘izistonga FeTO tashkilotiga aloqador shaxslar ro‘yxatini topshirdi.
Haberturk internet nashrining o‘z manbasiga tayanib xabar berishicha, ro‘yxatda 130 kishining ism-sharifi keltirilgan bo‘lib, ulardan 13 nafari «birinchi navbatda» so‘ralmoqda.
Manbaning xabar berishicha, Qirg‘izistonda shu paytga qadar FeTOga qarshi faol kurash olib borilmagan, Turkiyada terrorchi deb tan olingan mazkur tashkilot rahbarlari esa ushbu holatdan foydalanishgan.
Shuningdek, «Hurriyat» gazetasi jurnalisti Xande Firat ro‘yxat borasida o‘z fikrini bildirgan.
«Ko‘plab mamlakatlar, jumladan Qirg‘iziston ham FeTO haqida chuqur bilishlariga ishonmayman. Biz bu haqda gapirganmiz va gapirishda davom etamiz. Turkiyada FeTOning Qirg‘izistondagi faoliyatiga aloqador 130 kishidan iborat ro‘yxat mavjud. Ro‘yxat Qirg‘iziston hukumatiga topshirildi. Biz birinchi navbatda eng yuqori qatorda joylashgan 13 shaxsni xohlaymiz. Ular ichida tashkilot rahbarlari, Markaziy Osiyo imomi bor. Ro‘yxatdan barcha ma'lumotni, ismlar, yashash manzillari, qayerda ishlashi, ya'ni ularning yashirinishlariga imkon qoldirmaydigan barcha ma'lumotni topish mumkin», - degan Firat.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025