O‘zbekiston | 08:12 / 05.09.2018
37067
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston 2025 yilgacha paxta tolasi eksport qilishni to‘xtatmoqchi

2025 yilgacha O‘zbekiston paxta tolasi eksport qilishni to‘xtatish va ichki bozorda uni to‘liq qayta ishlashni ta'minlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi Strategik prognozlash departamenti boshlig‘i Dilbar Muhamedova ma'lum qildi, deb yozmoqda Uzdaily.

Foto: UzDaily

Dilbar Muhamedovaning ta'kidlashicha, O‘zbekiston korxonalari 2018 yilda 520 ming tonna paxta tolasini qayta ishlash imkoniyatiga ega. Shu bilan birga, korxonalarning loyiha quvvati 720 ming tonnani tashkil etadi.

Bosh vazir o‘rinbosari Nodir Otajonovning qayd etishicha, O‘zbekiston sanoatni rivojlantirishda yangi bosqichga o‘tmoqda. O‘zbekistonda to‘qimachilik klasterlari tashkil etilgan va ishlamoqda. Sohaga 3 milliard dollardan ortiq to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jalb etildi.

Unga ko‘ra, hozirgi vaqtda to‘qimachilik mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va tayyor to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun klaster xo‘jaliklari yaratilmoqda.

Mamlakatda bugungi kunda 15ta klaster xo‘jaliklari faoliyat yuritmoqda, 2019 yilda esa shunday xo‘jaliklarning yana bir nechtasi tashkil etiladi.

Mavzuga oid