Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ronaldu «Yuventus» mashg‘ulotiga ko‘zi ko‘kargan holda keldi
«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu mashg‘ulotga ko‘zi ko‘kargan holda keldi.

Futbolchi terma jamoalarga chaqirilmagan boshqa futbolchilar bilan o‘tkazilgan mashg‘ulotlarda ishtirok etdi.


«Yuventus» klubining mashg‘ulot haqidagi fotohisobotida «Oltin to‘p»ning 5 karra sohibi ko‘zi ko‘kargan holda shug‘ullanganini ko‘rish mumkin. Buning sabablari haqida ma'lumot berilmagan.

Katta ehtimol bilan u A Seriya 3-turidan o‘rin olgan «Parma»ga (2:1) qarshi bahsda yuzidan zarba yegan bo‘lishi mumkin.
Ronaldu Portugaliya terma jamoasining sentabr oyidagi o‘yinlariga chaqirilmagan. Portugaliya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fernandu Santush Krishtianuning tarkibga jalb etilmaganini u turinliklar klubiga moslashish jarayonini o‘tayotgani bilan izohlagan.
Portugaliya 6 sentabr kuni Xorvatiyaga qarshi, 10 sentabr kuni Millatlar ligasi doirasida Italiyaga qarshi o‘yinlar o‘tkazadi.
Mavzuga oid
15:10 / 01.05.2025
Ronaldu va Messi bir kunda yarimfinal o‘yinlarida yutqazdi
14:09 / 24.03.2025
Ronaldu noyob ko‘rsatkichga erishdi
15:28 / 30.01.2025
Ronaldu: «O‘g‘limga Mbappe yoqadi, u «Dada, Kilian sizdan yaxshiroq» dedi. Men esa «Kim ko‘proq gol urgan?» deb so‘radim»
11:06 / 14.12.2024