Skripallar ishi. Ruslan Boshirov Dushanbeda tug‘ilgani ma'lum bo‘ldi
Sergey Skripal va uning qizi Yuliyani zaharlashda gumonlanayotgan shaxslarning xorijiy pasportlari raqami faqat so‘nggi son bilan farq qiladi, hujjatlarning o‘zi 2014 yilda olingan. Bu haqda «Fontanka» gazetasi xabar bermoqda.
Nashr jurnalistlari Buyuk Britaniya GRU sobiq xodimi va uning qizini zaharlashda rasmiy ayblov qo‘ygan Ruslan Boshirov hamda Aleksandr Petrov haqida ma'lumot to‘plashdi. Gazeta ma'lumotlariga ko‘ra, ikkala gumondorda faqat oxirgi raqam bilan farqlanuvchi 65-seriyadagi xorijiy pasport bo‘lgan. Har ikki erkak Yevropaga ko‘p parvoz qilib, Milan, Jyeneva, Amsterdam hamda Parijda bo‘lgan.
Boshirov haqidagi ma'lumotlarga ko‘ra, u 1978 yil 12 aprelda Dushanbe shahrida tug‘ilgan, Moskvadagi Bolshaya Naberejnaya ko‘chasida joylashgan 25 qavatli uyda ro‘yxatdan o‘tgan. Boshirov go‘yoki istiqomat qilgan kvartiraga qo‘shni bo‘lganlarni u yerda hech qachon uni ko‘rmaganliklarini aytishdi. «Siz aytgan kvartirada faqat keksa bir ayol yashaydi. Biz unga pul yig‘ib beramiz, u farroshni yollash uchun yig‘adi. Erkakni kvartirada hech qachon ko‘rmaganmiz va yo‘lakda ham uchratmaganmiz. Taxmin qilishimiz mumkin bo‘lgan yagona narsa shundaki, u kvartira egasining o‘g‘li bo‘lishi mumkin», - deya izoh berdi qo‘shnilar.
Petrov, «Fontanka» ma'lumotlariga ko‘ra, 1979 yil 31 iyulda tug‘ilgan. «Mikrogen» davlat korxonasi xodimlari orasida aynan shunday ism-familiyalik shaxs borligi aniqlandi.
Skotland-Yard GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi Yuliyani zaharlashda gumonlanayotgan ikki rossiyalik shaxsning fotosuratini e'lon qildi hamda ismlarini aytdi. Bu Aleksandr Petrov va Ruslan Boshirov. Ularni to‘rt modda bilan ayblashmoqda, jumladan, politsiyachini o‘ldirishga urinishda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Viktoriya Skripal Rossiyadagi har uchinchi odam Skotland-Yard qidirayotgan shaxslarga o‘xshashini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
21:52 / 17.09.2024
Buyuk Britaniya noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashga 75 mln funt ajratadi
20:09 / 14.09.2024
Britaniyada ayol farzandini «ikki marta tug‘di»
16:34 / 13.09.2024
Britaniya IIV rahbari mamlakatdagi “o‘g‘rilik epidemiyasi” haqida nutq so‘zlayotganda uning hamyonini o‘g‘irlab ketishdi
22:17 / 10.09.2024