Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vazirlar Mahkamasi “Egmont” moliyaviy razvedka bo‘linmalari guruhining faoliyatida ishtirok etish bo‘yicha qaror qabul qildi
Vazirlar Mahkamasi “Egmont” moliyaviy razvedka bo‘linmalari guruhining faoliyatida ishtirok etish doirasida O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlarini ta'minlashga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Qarorga muvofiq, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti “Egmont” moliyaviy razvedka bo‘linmalari guruhining faoliyatida ishtirok etish doirasida O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlari ta'minlanishi uchun mas'ul maxsus vakolatli organ etib belgilandi.
Hujjatga ko‘ra, Tashqi ishlar, Moliya, Iqtisodiyot, Tashqi savdo, Ichki ishlar, Adliya, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Soliq, Bojxona, Statistika, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitalari, Markaziy bank, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi departamentni “Egmont” guruhi faoliyatida ishtirok etish doirasida O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlarini bajarish uchun zarur bo‘lgan ma'lumotlar bilan ta'minlaydi.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning 23 mayida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Byudjyet mablag‘laridan foydalanish samaradorligini tubdan oshirish va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzolagandi.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti (SVOJJDLQK) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti etib qayta tashkil qilingandi.
Mavzuga oid
14:52 / 22.05.2025
Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi tasdiqlandi
10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi
13:54 / 01.05.2025
O‘zbekistonda zamonaviy standartlar asosida kamida 58 ta maktab quriladi
13:31 / 29.04.2025