Jahon | 19:00 / 07.09.2018
42400
2 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an Idlibga hujum qilmaslikni so‘radi, Putin bu taklifga javob qaytardi

© RIA Novosti / Sergey Guneyev

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Tehrondagi sammit chog‘ida Suriyaning Idlib viloyatini deeskalatsiya hududi sifatida qoldirish zarurligi ta'kidladi. 

«Suriya armiyasi tomonidan Idlibga hujum hududdagi vaziyatni yomonlashtiradi. Bu hujum Suriyadagi siyosiy vaziyatni yana izdan chiqarib yuborishi mumkin. Idlibni deeskalatsiya hududi sifatida qoldirish kerak. Bu yo‘nalishdagi xato qadamlarning oqibatidan barcha aziyat chekadi. Muammo Ostona sammitida bo‘lgani kabi hal qilinishi kerak», degan Erdo‘g‘an.

U yaqin vaqtlar ichida BMT bosh kotibi, xalqaro tashkilotning Suriya masalasidagi maxsus vakili, shuningdek, Turkiya, Rossiya va Eron vakillari Jyenevada uchrashuv o‘tkazishini ma'lum qilgan.

«Bu uchrashuv barcha jarayonlarga yangi dinamika bag‘ishlaydi. Bizning maqsadimiz BMT ishtirokida Suriyada tinchlikka erishish. Bu nafaqat uch davlatning, balki butun dunyo hamjamiyatining maqsadidir», deya qo‘shimcha qilgan Turkiya prezidenti.

O‘z navbatida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiya prezidentining so‘zlariga munosabat bildirdi. U sammit ishtirokchilari terrorchilar nomidan gapira olmasligini aytib o‘tgan.

«Men Turkiya prezidentining so‘zlarini, umuman olganda, to‘g‘ri deb hisoblayman. Shunday bo‘lsa yaxshi bo‘lardi. Ammo biz ular nomidan gapira olmaymiz, ayniqsa «Jibhat an-Nusra» va IShID jangarilari nomidan. Hech kim ular o‘t ochishni to‘xtatishiga, uchuvchisiz uchish qurollarida bomba tashlashni to‘xtatishiga kafolat bera olmaydi», degan Putin.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid