Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksikada 160 dan ko‘proq odam ko‘milgan ommaviy qabriston topildi
Meksika janubidagi Verakrus shtatida kamida 166 kishi ko‘milgan ommaviy qabriston topildi.
Ta'kidlanishicha, bu mamlakat tarixidagi eng yirik ommaviy qabrlardan biridir. Tergov manfaati nuqtai nazaridan uning aniq joyi aytilmagan. Shunisi ma'lumki, politsiya qabristonni guvohning ko‘rsatmasi bo‘yicha aniqlagan. Qabrlarga kamida ikki yil bo‘lgan.
Politsiyaning taxminicha, qabrlarga ko‘milganlar soni ortishi mumkin: 32 ta o‘rada umumiy hisobda 114 ta shaxsni tasdiqlovchi hujjat topilgan. Shuningdek, katta miqdorda kiyim va shaxsiy buyumlar aniqlangan. Hozirda jasadlar hisobi bosh suyaklari bo‘yicha olib borilmoqda, chunki bu ekspertizagacha jasadlar sonini aniqlashning yagona usuli hisoblanadi.
Verakrus shtati Meksikadagi ikkita yirik jinoiy to‘dalar – “Setas” va “Xalisko” kartellarining to‘qnashuv maydoni bo‘lgan. Meksikada narkokartellar o‘z raqiblari va qurbonlari jasadlarini ko‘pincha shunday qabrlarda yashiradilar.
Mavzuga oid
23:19 / 21.05.2025
Toshkentda Meksika va Yevropa orqali AQShga yuborishni va’da qilganlar ushlandi
15:18 / 18.05.2025
Nyu Yorkda Meksika harbiy kemasi Bruklin ko‘prigiga urildi. Qurbonlar bor
20:02 / 13.05.2025
Meksikada merlikka nomzod saylovoldi mitingida otib ketildi
00:27 / 10.05.2025