Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sayfullo Soipovning advokatlari Trampdan norozi: u o‘z bayonotlari bilan tergovga bosim o‘tkazmoqda
Nyu-Yorkda terakt sodir etish va sakkiz kishini o‘ldirishda ayblanayotgan asli kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan Sayfullo Soipovning advokatlari fikricha, AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining bayonotlari bilan tergovga bosim o‘tkazmoqda. Ularning bildirishicha, o‘z mijozlari ustidan bo‘lib o‘tadigan sud halol va adolatli o‘tishiga shubha bilan qarashmoqda. Bu haqda Manxetten sudiga payshanba kuni himoya tomoni topshirgan murojaatnomada aytiladi, deb xabar bermoqda TASS.
Sud elektron bazasida e'lon qilingan hujjatlarga ko‘ra, Soipovning advokatlari sudya Vernon Broderikdan prokuraturani ayblanuvchi uchun o‘lim jazosiga erishish huquqidan mahrum qilishni so‘raydilar. Himoya tomonining bildirishicha, ayblanuvchi uchun oliy jazoni rasmiy ravishda talab qilish haqida bir qarorga kelishi lozim bo‘lgan AQSh Adliya vazirligi rahbari Jyeff Seshns ushbu masalada obektiv bo‘la olmaydi, sababi Tramp unga bosim o‘tkazib, «oshkora siyosiy pozitsiya»dan kelib chiqqan holda qaror qabul qilishga majburlamoqda.
Advokatlar Trampning Twitter’da Soipov hibsga olinganidan so‘ng yozgan qator xabarlarini o‘z so‘zlariga dalil sifatida keltirishgan, ularda prezident asli kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan shaxsga o‘lim jazosi talab qilgan. Bundan tashqari, himoya tomoni Oq uy rahbarining yaqindagi tvitini ko‘rsatgan, unda davlat rahbari Seshnsni uning mahkamasi AQSh Kongressiga oraliq saylovlar arafasida ikki nafar respublikachi kongressmenga ayblov qo‘ygani uchun tanqid qiladi.
Advokatlarning bildirishicha, shu munosabat bilan Adliya vazirligi Soipov ishi bo‘yicha «mustaqil qaror qabul qila olmaydi», sababi Tramp bosim o‘tkazmoqda. Shu bilan birga, himoyaning ko‘rsatishicha, agarda sud ayblov tomonini Soipovga o‘lim jazosi talab qilish huquqidan mahrum etmasa, unda Seshnsning o‘rniga mustaqil prokurorni tayinlashi hamda unga ushbu ish bo‘yicha qarorlar qabul qilish vakolatini berishi lozim.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
15:12 / 26.05.2026
Narkojinoyatda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025