Hujjat imzolandi: O‘zbekiston va Rossiya AES qurilishi haqida kelishib oldi
O‘zbekiston va Rossiya respublika hududida atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida bitim imzoladi. Imzolash marosimi O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasi bosh vazirlari o‘rtasidagi muzokaralar yakunlari bo‘yicha bo‘lib o‘tdi.

Hujjatni O‘zbekiston hukumati rahbari Abdulla Aripov va Rossiya vazirlar mahkamasi rahbari Dmitriy Medvedev imzoladi.
Bundan tashqari, tomonlar iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 19-yig‘ilish bayonnomasini imzoladilar.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Dmitriy Medvedev RF prezidenti Vladimir Putinning O‘zbekistonga rejalashtirilayotgan davlat tashrifi dasturi kun tartibini Abdulla Aripov bilan muhokama qilgandi.
Bundan avval Aripov Moskvada muhim hujjatni imzolashi kutilayotgani, u AES masalasiga doir ekani xabar berilgandi.
Mavzuga oid

14:55
Ukraina Rossiyaning «sulhning birinchi kechasi»dagi hujumlari haqida ma’lum qildi

14:15
Rossiya Berlindagi Karnegi markazi direktorini qidiruvga berdi

11:57
Rossiyada havo qatnovidagi kollaps 60 ming kishiga ta’sir qildi

10:09