Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
GM Uzbekistan’ning «ochiq osmon ostidagi» avtosalonlari barcha hududlarda ish boshladi
GM Uzbekistan "Ochiq osmon ostidagi savdolar" respublikaning barcha hududlarida ish boshlagani haqida ma'lum qildi. Bu haqda “O‘zavtosanoat” saytida xabar berilgan.
“Hurmatli xaridorlar, avval sizga va'da qilganimizday "Ochiq osmon ostidagi savdolar" respublikamizning barcha hududlarida ish boshladi.. Endi avtomobillarni aksiya munosabati bilan tez va qulay tarzda "45 daqiqada" xarid qilib, sovg‘asiga velosiped olishingiz mumkin”, - deyiladi xabarda.
Avvalroq, GM Uzbekistan Toshkent shahridagi «Sergeli» avtomobil bozori hududida «Ochiq osmon ostidagi savdo maydonchalari» yangi aksiyasini yo‘lga qo‘ygandi. Ilk kunda jami 3 mlrd 850 mln so‘mlik 40 dona avtomobilga shartnoma tuzildi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval GM Uzbekistan 29 mingdan ortiq avtomobilni sotuvga qo‘ygani xabar berilgandi.

Mavzuga oid
19:54 / 24.01.2025
Toshkentda yana bir avtosalon egasi qamoqqa olindi
08:50 / 12.07.2024
Toshkentdagi yana bir avtosalon odamlarni aldagani aytilmoqda
07:44 / 27.03.2024
Toshkentda fuqarolardan 6,1 mlrd so‘mni aldab olgan «avtosalon egalari» qamaldi
14:22 / 11.09.2023