O‘zbekiston | 12:24 / 08.09.2018
4856
1 daqiqa o‘qiladi

Xalqaro maqom san'ati anjumani. 8 sentabr kuni 9ta jamoa o‘zaro bellashadi

Foto: Madaniyat vazirligi

Xalqaro maqom san'ati doirasida o‘tkazilayotgan tadbirlar xorijlik va o‘zbekistonliklarni lol qoldirmoqda, deb xabar beradi Madaniyat vazirligi.

7 sentabr kuni maqom tanlovi boshlandi. Tanlov oldidan O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev Xalqaro hakamlar hay'ati bilan suhbatlashdi.

Suhbat davomida eng sara jamoa va yakkaxon ijrolarini bajo aylaydigan ishtirokchilar, qay tartibda va usulda ijro etishlari muhokama qilindi. 

Tanlov dasturiga asosan bugun 9 ta jamoa o‘zaro bellashadi, bular: Belgiya, Baxrayn, Buyuk Britaniya, Iroq, Isroil, Misr, Pokiston, Turkiya va Tojikiston davlatlaridir.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid