Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda bolalarga kuniga 2 soatdan ko‘proq videoo‘yinlar o‘ynash taqiqlanadi
O‘tgan haftada Xitoy raisi Si Tszinpin ko‘p vaqtini videoo‘yinlar ortida o‘tkazuvchi bolalardan xavotirdaligini aytgan. Gap shundaki, Xitoyda uzoqni ko‘ra olmaslikdan aziyat chekuvchi odamlar ko‘payib bormoqda. Tszinpin qat'iy choralarga bordi va endi davlat ko‘p foydalanuvchili onlayn-o‘yinlar sonini hamda o‘yinlar ortida o‘tkazilgan vaqtni nazorat qiladi.
Ko‘rsatmaga birinchilardan bo‘lib onlayn-o‘yinlar ishlab chiqaruvchi Tencent kompaniyasi amal qilgan. 15 sentabrdan xitoyik o‘yinchilar o‘yinga kirish uchun haqiqiy nomini ko‘rsatishi majburiy qilinadi. Kiritilgan ma'lumot politsiyaga yuboriladi va u yerda o‘yinchining yoshi aniqlanadi. Agar bola 13 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lsa, unda unga kuniga 2 soatgacha, agar 12 yoshdan kichik bo‘lsa, kuniga 1 soatgacha o‘ynashga ruxsat beriladi.
Tencent bunday choralarni iyuldayoq kiritmoqchi bo‘lgan. O‘shanda bu shunchaki ota-onalar nazorati bo‘lgan. Endi esa o‘ynash vaqtini davlat tartibga soladi va bolalar yolg‘on axborotni kirita olmaydilar.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025