Intellektni rivojlantiradigan 8 ta klassik stol o‘yini
Stol o‘yinlari – do‘stlar bilan vaqtni chog‘ o‘tkazishning a'lo usuli. Biroq uzoq o‘tmishga ega stol o‘yinlari nafaqat ko‘ngilni xursand qiladi, balki aql uchun a'lo mashq sanaladi. Aqlni charxlaydigan 8 ta stol o‘yinini e'tiboringizga havola etamiz.

1.Shaxmat
Eng mashhur stol o‘yini: taxta, 32 ta dona va cheksiz strategik kenglik!
Shaxmatning kelib chiqishi borasida turli nazariyalar bor. Biroq Yevropaga u faqat X asrda yetib keldi. O‘yin XV asrdagina zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘ldi.
Shaxmatda kutilmaganlik omili yo‘q: bu sport, aqllar kurashi. Taxtadagi donalar holatini yaxshiroq tahlil etib, hodisalarning ehtimoldagi rivojini hisoblaydigan odamgina yutadi. Professional o‘yinchilarda bari juda murakkab: u yerda oldindan o‘nta yurish hisobi yuritiladi, minglab ehtimoldagi kombinatsiyalar bilan ishlanadi. Oddiy o‘yinchilar bunchalik oldinni ko‘ra olmaydi, biroq raqibning eng yaqin istiqboldagi harakatini aytib bera olish harakati ham miya «qaynashi»ning unutilmas daqiqalarini hadya qiladi.
2. Go
Go qadimda Xitoyda paydo bo‘ldi. Biroq o‘yin XX asrga kelib, dunyoda mashhurlik qozondi.
Bir qarashda, o‘yinning strategik salohiyati shaxmatga qaraganda kam. Inventar ham zerikarli: taxta va oq-qora toshlar – donalar. Agar maktabda nuqtalar o‘yinini o‘ynagan bo‘lsangiz, u holda asosiy tamoyil sizga ma'lum. O‘yinchi o‘z nuqtalari bilan iloji boricha kattaroq hududni chegaralashi kerak. Goda nuqtalar o‘rniga – toshlar. Ko‘plab qo‘shimcha qoidalar odatiy maktab mashg‘ulotini ancha murakkablashtiradi.
Umuman olganda, o‘yin qoidalari qiyin emas. Bir necha soat davomida o‘rganish natijasida o‘yin tamoyillarini tushunib olish mumkin. Hayotdagi bu kabi suv osti toshlarini anglash uchun odamlar butun hayotini sarflaydi.
3. Brij
Brijning ajdodi qarta o‘yini vint bo‘lib, XX asrning birinchi yarmida zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘ldi.
Brij – sport distsiplinasi sifatida tan olingan yagona qarta o‘yini. Bu tasodifan emas: bu yerdagi qoidalar oddiy emas. Ko‘pchilik odatiy qarta o‘yinlari bilan taqqoslaganda brijda partiya natijasi tasodifga juda kam darajada bog‘liq. Muvaffaqiyat asosida o‘yinchilar mohirligi yotadi.
Brijning turlari har xil: ular bir-biridan murakkablik darajasiga ko‘ra farqlanadi.

4. Shashka
Ko‘pchilik shashkani shaxmatning soddalashtirilgan ko‘rinishi sifatida qabul qiladi. Tuzilish jihatdan o‘xshashliklar bor: masalan, oq-qora to‘rtburchak bilan chizilgan taxta. Shashka – o‘z qoida va nozikliklariga ega umuman boshqa o‘yin.
Umuman olganda, shashka qoidasini o‘zlashtirish murakkab emas. Shashka diagonal bo‘ylab yuradi, dushmanlari ustidan oshib o‘tib, dushmanlarini «yeydi». Bu oddiy, biroq boy va turli kombinatsiyalarga ega o‘yin. Uni o‘rganish qiyin emas. U foyda va zavq-shavq olib keladi.
5. Syantsi
Syantsini ko‘pincha «xitoycha shaxmat» deb atashadi. Bu mavqe qisman to‘g‘ri. Syantsini shaxmatga o‘xshash jihati – ba'zi donalar va o‘yinchini mag‘lub etish shartlari.
Syantsy Osiyoda juda mashhur. An'anaviy ko‘rinishida donalar xitoycha iyerogliflarda aks ettirilgan.
6. Syogi
Bu «yaponcha shaxmat». U Yaponiyadan tashqaridagi mashhurlikka yaqindagina erishdi.
O‘yin 81 kvadratdan iborat taxtada olib boriladi. Bu yerda ham g‘arb shaxmat donalariga o‘xshash shoh kabi figura bor. Biroq o‘ziga xos: ajdarho va kumush kabi donalar ham bor. Ko‘pchilik donalar aks tomonga ega, ularni taxtaning muayyan qismidagina faollashtirish mumkin.
Umuman olganda, syogi qoidalari betakror va o‘zlashtirish uchun juda murakkab. Munosib darajaga yetish uchun ko‘p vaqt sarflashga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun bu o‘yin hammaga ham tavsiya etilmaydi. Biroq ekzotik intellektual o‘yin ishqibozlariga a'lo darajada mos keladi.
7. Skrebbl
Bu o‘yin ro‘yxatdagi boshqa vakillar kabi uzoq o‘tmishga ega emas. Biroq uni eslamay o‘tishning iloji yo‘q: bu oddiy va shu bilan birga diqqat va xotirani rivojlantiradigan o‘yin Rossiyada «Erudit» nomi bilan mashhur.
Stol o‘yinining mohiyati ko‘pchilikka tanish: ishtirokchilar o‘yin maydonida harflar yozilgan donalarni terib, so‘z yasaydi. Ishtirokchi «kamyob» harf bilan uzun so‘zlarni hosil qilsa, g‘oliblik imkoniyati ortadi. Skrebbl o‘yinini bir vaqtning o‘zida ikkitadan to‘rttagacha odam o‘ynashi mumkin.

8. Nard
Nard zamonaviy ko‘rinishda Buyuk Britaniyada paydo bo‘lgan. Biroq Rossiya va Sharqda o‘ziga xos mashhurlikni qo‘lga kiritdi.
Har bir o‘yinchining vazifasi – o‘zining barcha shashkalarini taxta tashqarisiga chiqarish. Harakatlanish oralig‘i har bir yurishning boshida kubikni tashlash bilan aniqlanadi. Bu o‘yindagi yagona tasodifga bog‘liq element. Shuning uchun nardlarni murakkablik darajasi bo‘yicha yuqorida nomlari keltirilgan o‘yinlarga tenglashtirib bo‘lmaydi
Mavzuga oid

20:52 / 26.03.2025
Ukrainalik grossmeyster g‘irromligi uchun 3 yilga diskvalifikatsiya qilindi

11:56 / 28.02.2025
Shaxmat bo‘yicha 10-jahon chempioni Boris Spasskiy vafot etdi

00:38 / 11.02.2025
Shaxmatchi Javohir Sindorov Hikaru Nakamura ustidan g‘alaba qozondi

11:59 / 11.01.2025