Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Salbiy kayfiyatda uyg‘onish – o‘ta xavfli

Yomon kayfiyatda uyg‘ongan paytlaringiz bo‘ladimi? Yoki yana ishga borish kerakligidan norozilik tuyg‘usi? Shubhasiz, har birimiz bunday holatni boshdan kechirganmiz. Ertalabdan o‘zimizni salbiy to‘lqinga sozlash o‘rniga yangi kundan xursand bo‘lish lozim.
Pensilvaniyalik olimlar ertalabki salbiy kayfiyat kun davomidagi holatimizga ta'sir o‘tkazishini aniqlashdi. Uyqudan keyin ijobiy energiyadan quvvat olish kerak. Masalan, nonushtaga sevimli taomni tayyorlash, yoqimli musiqa tinglash, oddiy jismoniy mashqlarni bajarish. PsychCentral markazi tomonidan tajriba o‘tkazilgan. Tadqiqot uchun ikki guruh vakillari jalb etilgan. Birinchi guruh odatda yomon kayfiyatda uyg‘onadiganlar, ikkinchi guruh – yaxshi kayfiyatdagilar.
Tadqiqot ijobiy hislarga sozlangan odamlarning ish kuni 90 foiz hollarda muvaffaqiyatli bo‘lganini ko‘rsatdi. Kunini yomon kayfiyat bilan boshlaganlar esa zo‘riqish bilan ishlashgan va bu ularning natijasida salbiy tarzda aks etgan.
Bari mantiqiy jihatdan to‘g‘ri: agar odam noqulaylikni his etsa, bu uning fikrlashiga bevosita ta'sir qiladi. Ya'ni, agar siz kunni muvaffaqiyatsiz bo‘ladi, degan his bilan boshlasangiz, bu ong ostiga joylashadi. Qoidaga ko‘ra, bu haqiqatan ham shunday bo‘lib ko‘rinadi.
Mavzuga oid
15:07 / 14.03.2024
Bulutli havo tushkunlikka, quyoshli havo esa xursandchilikka sabab bo‘ladimi?
08:00 / 13.10.2019
Butun kunga yetadigan quvvat bilan ta'minlovchi ertalabki 14 odat
08:00 / 06.01.2019
Tonggi soat sakkiz: sayyoraning turli burchaklari fotoapparat obektivida
12:48 / 17.11.2018