Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nadal «Real» prezidentiga aylanishi mumkin
«Real» prezidenti Florentino Peresning hisoblashicha, ispaniyalik tennischi, Madrid klubi muxlisi Rafael Nadal kelgusida klub rahbarligi lavozimini egallashi mumkin.
El Confidencial nashri ma'lumotiga ko‘ra, «qaymoqranglilar» rahbari Nadalni nafaqat klubning eng yaxshi elchisi sifatida, balki o‘zining klubdagi vorisi sifatida ham ko‘radi.
Qayd etilishicha, tennischi «Real» prezidentligini faqat 2031 yilda, 45 yoshga chiqqanida egallashi mumkin. Klub prezidenti bo‘lishni istagan shaxs madridliklar klubida 20 yil ishlashi kerak. Nadal 2011 yilda Madrid klubining faxriy elchisiga aylangandi.
Ayni vaqtda 71 yoshda bo‘lgan Peres «Real»ga birinchi marta 2000 yildan 2006 yilgacha rahbarlik qilgan, 2009 yilda yana shu lavozimga qaytgan.
Mavzuga oid
01:45 / 20.01.2025
Peres «Real» prezidentligiga qayta saylandi. U 5-bor saylovlarsiz g‘alaba qozondi
14:42 / 22.12.2023
«Qonuniy kuzir». Superliga mashmashalarining navbatdagi bosqichi haqida
19:32 / 30.01.2022
Australian Open. Dramatik finalda Nadal super kambek evaziga Medvedevni mag‘lub etdi
12:28 / 19.06.2021