Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pora evaziga javobgarlikdan qutulmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Buxoro viloyatining Kogon shahrida jinoyat yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.
Joriy yilning 8 sentabr kuni Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida yashovchi T.A. o‘zining “Mersedes-Bents” rusumli avtomashinasida me'yoridan ortiq yo‘lovchi olib, yo‘lovchi tashish qoidalarini buzib, avtomashinani boshqarib kelayotgan vaqtida “Qashqadaryo-Buxoro” yo‘lining 172-km.da xizmat olib borayotgan Buxoro viloyati IIB YHXB xodimi tomonidan to‘xtatilib, T.A.ga nisbatan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirayotganda haydovchi ma'muriy bayonnoma yozmaslikni so‘rab, evaziga xodimga 100 000 so‘m pulni pora sifatida berayotganida Buxoro viloyati ichki ishlar organlari va prokuratura xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ashyoviy dalil bilan qo‘lga olingan.
Holat yuzasidan T.A.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
16:16 / 16.05.2025
Tanzila Norboyeva Buxoroda jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalarini muhokama qildi
14:39 / 16.05.2025
Buxoroda yo‘ldan o‘tayotgan ayol ekskavator bosib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
19:05 / 12.05.2025
Buxoro shahrida 3 ta mashina yonib ketdi
14:03 / 11.05.2025