Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Radzivil Qit'alararo kubokda kumush medal sovrindori bo‘ldi
O‘zbekistonlik yengil atletikachi, uch karra Osiyo chempioni Svetlana Radzivil Chexiyaning Ostrava shahrida bo‘lib o‘tgan Qit'alararo kubokda balandlikka sakrash bo‘yicha ikkinchi natijani qayd etdi.
Ushbu xalqaro turnirda rossiyalik Mariya Lasitskene g‘alaba qozondi. Ikki karra jahon chempioni sifatida Yevropa nomidan ishtirok etgan Lasitskene 200 santimetr balandlikdan o‘tdi. Osiyo vakili sifatida turnirga borgan Svetlana Radzivil esa 195 santimetrlik natijani qayd etdi, uchinchi o‘rinni egallagan Amerika qit'asi vakili Levern Spenser (Sent-Lyusiya) 193 santimetrlik natija bilan kifoyalandi.
Lasitskene Butunrossiya yengil atletika federatsiyasidan chetlatilgani tufayli Qit'alararo kubokda neytral maqomda ishtirok etdi.
Turnirda Osiyo sharafini himoya qilgan yana bir o‘zbekistonlik yengil atletikachi, Osiyo o‘yinlari kumush medali sovrindori Ruslan Qurbonov esa uch hatlab sakrash mashqlarida oltinchi natijani qayd etdi.
Mavzuga oid
20:42 / 03.10.2023
Osiyo o‘yinlari kundaligi. Balandlikka sakrashdagi qo‘shhokimlik, marradagi yiqilish va Jalolovning nokauti
17:54 / 03.10.2023
Safina Sa’dullayeva Osiyo o‘yinlari chempioni, Radzivilda kumush medal
00:40 / 05.08.2021
Tokio-2020. Bekzod Abdurahmonov va Svetlana Radzivil ishtirokini boshlaydi
00:08 / 03.08.2021