Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni: Messenjerlardan foydalanishda haddidan oshganlar jazolanadi
Saudiya Arabistoni prokuraturasi messenjerlar orqali g‘ayriaxloqiy yoki dinga qarshi xabar va suratlarni tarqatuvchilarga qamoq jazosi hamda yirik jarima bilan tahdid qildi. Dushanba kuni bosh prokuratura mikroblogida joylashtirilgan xabarda shu haqida ma'lum qilindi.
"Elektron sohadagi jinoyatlar, ya'ni jamoatchilik tartibini buzuvchi, axloq-odob yoki diniy qadriyatlarga zid bo‘lgan materiallarni tayyorlash, saqlash yoki ularni ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar orqali tarqatgan kimsalar uchun 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish va 3 million rial (800 ming dollar)gacha jarima yoki shu jazolardan biri ko‘zda tutilgan", - deyiladi prokuratura xabarida.
So‘nggi vaqtlarda Saudiya Arabistoni hukumati ayollarga ijtimoiy hayotda faolroq ishtirok etishga izn berib, elektron jinoyatlar uchun jazolarni kuchaytirmoqda.
Mavzuga oid
07:52 / 28.05.2025
Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi
19:00 / 19.05.2025
Saudiya Arabistoni - jozibador sarguzasht va hashamat mujassamlashgan diyor
22:15 / 14.05.2025
Tramp arablar davrasida. U Falastinni tan oladimi?
22:01 / 13.05.2025