AQShda rossiyalik harbiylarning o‘lda-jo‘lda ish qilishidan kulishdi
AQShdagi Business Insider nashri Rossiya harbiy texnikasi, birinchi navbatda, T-34 va T-72 tanklari bilan bog‘liq turli hodisalar tasvirlangan qator roliklarni bir kadrga jamlab chiqdi. Shuningdek, videoda ustunga kelib urilgan Belarus tanki va ko‘prik bilan to‘qnashgan Rossiya kemasini ko‘rish mumkin.
Business Insider tanlagan roliklar orasida Kurskda avgust oyida yuz bergan holat ham bor - T-34 tanki Kursk do‘g‘asidagi g‘alabaning 75 yilligiga bag‘ishlangan paraddan so‘ng platformada harakatlanib, yuk ortuvchi o‘ziyurar mashinadan tushib ketgan. 1943 yilda ishlab chiqarilgan mashina Leningrad oblastidan olib kelingan bo‘lib, u harbiy texnika kolonnasini boshqargan.
«Savol paydo bo‘ladi: rossiyalik harbiylar bilan nima yuz bermoqda? Yomon ta'lim? Beparvolik? Harbiy paradlarning ko‘pligi? Shunchaki tasodif? Yoki bularning bari birdaniga?» - deya savollar bilan murojaat qilgan nashr.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Uzoq Sharqda Rossiya tarixidagi eng katta harbiy mashqlar boshlangani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
16:42 / 11.11.2024
Kreml Putin va Tramp telefonda suhbatlashganini rad qildi
14:42 / 11.11.2024
Amerikaning kruiz kompaniyasi Tramp siyosatidan qochishni istaganlar uchun dunyo bo‘ylab 4 yillik sayohat taklif qilmoqda
13:30 / 10.11.2024
Tramp yutsa urushni bir sutkada to‘xtatishni va’da qilgandi. U yutdi - xo‘sh?
23:26 / 09.11.2024