O‘zbekiston AQShdagi mashqlarga o‘z harbiylarini yuborishga qaror qildi
Afg‘oniston, Mo‘g‘uliston, Tojikiston, O‘zbekiston va Qozog‘iston «Mintaqaviy hamkorlik-2018» mashqlarida ishtirok etish uchun AQShga o‘z vakillarini yuborishga qaror qildi. Ular Massachusets shtatidagi Edvards harbiy bazasida bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda AQSh Markaziy qo‘mondonligi.
Qo‘mondonlikdan xabar berishlaricha, mashqlar 21 sentabrga qadar davom etadi, unda turli mamlakatlardan kelgan 200dan ortiq harbiy xizmatchilar ishtirok etadi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Taxminlarga ko‘ra, «ko‘p millatli guruhi hamkorlik va operativ birga ishlashni ta'minlash maqsadida mashqlarning bir nechta ssenariysiga qo‘shma harbiy javobni ishlab chiqadi».
Mashqlar rejasiga ko‘ra, ishtirokchilar barqarorlik, chegaralar xavfsizligini ta'minlash, terrorizmga qarshi kurash, giyohvand moddalar va taqiqlangan materiallar hamda texnologiyalar tarqalishiga qarshi mashqlarga e'tibor qaratadi.
Mavzuga oid
22:03 / 12.11.2024
AQSh hukumati NUJ bo‘yicha ba’zi ma’lumotlarni oshkor qilishi mumkin
16:55 / 12.11.2024
Tramp millionlab migrantlarni deportatsiya qilishni rejalashtirmoqda - OAV
09:15 / 12.11.2024
AQSh Suriyada eronparast guruhlar obektlariga zarba berdi
16:42 / 11.11.2024