Jamiyat | 08:50 / 12.09.2018
29408
6 daqiqa o‘qiladi

Endi Toshkentda turib ham dunyoning eng nufuzli oliygohlaridan birining diplomiga ega bo‘lish mumkin

So‘nggi yillarda o‘zbekistonlik yoshlar orasida Yevropa va Osiyoning nufuzli universitetlarida ta’lim olish ko‘rsatkichi ortib bormoqda.

Bu yoshlarning kelajakka katta rejalar bilan qarayotgani, bilim olishga bo‘lgan intilishlari natijasi hisoblanadi.

O‘z navbatida dunyo miqyosida nufuzli hisoblangan oliygohlarda olingan bilim va diplom ushbu yoshlarga “orzucidagi ish o‘rinlariga” ega bo‘lishi uchun yordam beradi.

Buyuk Britaniyaning Oxford Brookes Universitetini nafaqat Britaniya balki dunyo miqyosidagi ana shunday nufuzli, millionlab yoshlar orzusidagi universitetlardan biri deyish mumkin. Uning jahonda eng nufuzli hisoblangan 150 ta oliy ta’lim muassasalari reytingida ekanligi ham universitetdagi ta’lim sifati yuqoriligidan dalolat beradi.

Endi o‘zbekistonlik yoshlar Toshkentda turib ham Oxford Brookes Universiteti diplomiga ega bo‘lishlari mumkin.

“International school of Accounting” brendi ostida faoliyat yuritayotgan “Supreme education” NTM yoshlarga ana shundan imkoniyatni beradi.

Loyiha haqida qisqacha

ACCA (The Association of Chartered Certified Accountans) - moliya, buxgalteriya hisobi va audit bo‘yicha mutaxassislarga xalqaro sertifikat beradigan assotsiatsiya hisoblanadi. U dunyoning 181 mamlakatida 188 000dan ortiq a’zo va 480 000dan ortiq talabalarni birlashtirgan. 

Dunyoning 100dan ortiq idora va markazlari, shuningdek, 8,5 ming akkredatsiyalangan ish beruvchilar ACCA a’zolari va talabalari uchun yuqori malakali ta’lim olish hamda malaka oshirishni ta’minlaydilar.

ACCA umumiy 14ta sertifikatdan iborat bo‘lib, 9ta sertifikatiga ega bo‘lgan talaba 9500 so‘zdan iborat dissertatsiya yozib Oxford Brookes universitetining “Buxgalteriya hisobi va biznes yo‘nalishi” bo‘yicha bakalavr diplomiga ega bo‘lishi mumkin.

E’tiborga molik tomoni shundaki, Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 3 apreldagi “Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritiladigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi qaroriga muvofiq, Oxford Brookes universiteti tomonidan berilgan diplom to‘g‘ridan-to‘g‘ri (maxsus sinovlarsiz) nostrifikatsiyalash amalga oshiriladi.

International School of Accounting o‘z oldiga sohada yuksak bilimga ega, tirishqoq, izlanuvchan hamda xalqaro standartlarga javob beruvchi kadrlar tayyorlashni maqsad qilgan. U moliya, buxgalteriya hisobi va audit yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishni istagan barcha yoshlar va xodimlar uchun mo‘ljallangan.
 

Kurs bitiruvchilari qayerlarda ishlashi mumkin?

ACCA kursi bitiruvchilari turli vazirlik va tashkilotlar jumladan, Moliya Vazirligi, Iqtisodiyot Vazirligi, bank muassasalari hamda turli qo‘shma korxonalarda ishlash imkoniga ega bo‘ladilar.

Shuningdek, kurslarni bitirgan yoshlarga Respublikada tashkil etilayotgan turli Erkin iqtisodiy zonalardagi xo‘jalik sub’yektlariga ham ishga joylashishlari mumkin. 

Bu yerda talabalar o‘z sohasida yuqori tajribaga ega mutaxassislardan ta’lim olish bilan birga, o‘quv jarayonida va kelajakda ishga joylashishda kerak bo‘ladigan eng muhim va samarali ko‘nikmalarni yildan yilga oshirib borishadi.

“Supreme education” NTMga o‘qishga kirish uchun

Ta’lim muassasasiga kirish imtihonlari ingliz tilida o‘tkaziladi, shuning uchun talabalar kamida 5.5 IELTS sertifikatiga ega bo‘lishlari lozim. Shu sababli talabalardan ingliz tili darajalarining sifatini butun dastur davomida oshirib borish talab qilinadi.

Oxford Brookes University diplomiga ega bo‘lishdagi minimum talab esa IELTS 6.0 (Reading 6.0 + Writing 6.0). Agar talaba IELTS 6.0ʼga ega bo‘lib, lekin Reading yoki Writing bloki 6.0ʼdan kam bo‘lgan taqdirda, IELTSʼni qaytadan 2-o‘quv yili boshlanmasdan oldin topshirib, kerakli sertifikatni qo‘lga kiritishi kerak bo‘ladi.

Agar talaba ingliz tilidan yetarli yoki umuman bilimga ega bo‘lmagan taqdirda, avval ko‘pi bilan 1 yil davomida ingliz tili, matematikadan ACCAʼga yetarli bilim olishlariga to‘g‘ri keladi.

Shuning uchun ham dastur 3 va 4 yillikka bo‘linadi.

3 yillik dasturga ingliz tilidan eng kam talabni bajargan talabalar qabul qilinadi hamda ACCA dasturi bo‘yicha tahsil olishni boshlashadi.

4 yillik dasturimizning 1-yili faqat ingliz tili va matematika, qolgan 3 yili esa yuqoridagi bilan bir xil.

Iqtidorli talabalarga 5ta grant joy ajratilgan.

Kerakli hujjatlar:

  • kollej yoki litsey diplomi
  • pasport
  • ariza to‘ldirish

O‘qish narxi:

3 yillik o‘quv dasturi uchun yiliga 12 mln so‘m

4 yillik o‘quv dasturi uchun birinchi yiliga 8 mln so‘m, qolgan 3 yili yuqoridagi bilan bir xil ya’ni yiliga 12 mln so‘m

Qo‘shimcha va batafsil ma’lumot olish uchun o‘quv markaziga tashrif buyurish yoki quyidagi raqamlarga qo‘ng‘iroq qilish mumkin:

Hurmatli yoshlar shoshiling. Toshkentda turib dunyoning eng nufuzli oliygohlaridan birining diplomiga ega bo‘lish imkonini qo‘ldan boy bermang.

Murojaat uchun telefonlar:

+998712729398

+998977264757

Internet manzillarimiz:

Mail: info@isaccounting.uz

Facebook: facebook.com/ISA.international.school

Telegram: t.me/isa_accounting

Instagram: www.instagram.com/is_accounting

Vebsayt: www.isaccounting.uz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid