Jahon | 21:50 / 12.09.2018
9458
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda haydovchi olomonni bosib ketdi

Foto: AFP 2018

Xitoyning Xen'yan shahridagi maydonlardan birida yo‘ltanlamas haydovchisi olomonni bosib ketdi. Buning oqibatida 3 kishi halok bo‘lgan, 43 kishi jabrlangan, deb ma'lum qildi Paper nashri. 

Voqea 12 sentabrda mahalliy vaqt bilan 19:40da sodir bo‘lgan. Qizil yo‘ltanlamas haydovchisi noma'lum sabablarga ko‘ra odamlar ustiga bostirib borgan. 

Haydovchi qo‘lga olingan, uni buni sodir etishga nima undagani noma'lumligicha qolmoqda.

Ta'kidlanishicha, odamlar odatdagidek kechki vaqt sayr qilish va ko‘ngilxushlik qilish uchun maydonda yig‘ilganlarida Yan Tszanyun ismli 54 yoshli erkak avtomobilida odamlarni bosib ketgan. Ma'lum qilinishicha, erkak bir necha marta sudlangan bo‘lgan.

Mahalliy OAVning yozishicha, voqea sababchisi bo‘lgan erkak saraton bilan og‘ir kasallangan va “jamiyatdan darg‘azab” bo‘lgan. Aynan shu omil uning bu qilmishiga sabab bo‘lishi mumkin. Biroq bu axborot rasman tasdiqlanmagan.

Politsiya ushbu voqeaga hozircha hech qanday izoh bermagan.

Mavzuga oid