O‘zbekiston | 16:37 / 12.09.2018
13379
1 daqiqa o‘qiladi
Respublika “Qorako‘lchilik” uyushmasi rahbarlari tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan respublika “Qorako‘lchilik” uyushmasining rahbarlari lavozimga tasdiqlandi.
Hukumat qaroriga ko‘ra, Nurbek Ergashovich Yo‘ldoshev respublika “Qorako‘lchilik” uyushmasining raisi etib;
Ne'mat Mamatovich Jumaqulov Respublika “Qorako‘lchilik” uyushmasi raisining o‘rinbosari etib tasdiqlandi.
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov 2018 yil 10 sentabr kuni bu haqdagi tegishli qarorni imzolagan.