Sport | 08:55 / 12.09.2018
14698
2 daqiqa o‘qiladi

Teves: «Messini sportzalda ko‘rmaganman, Ronaldu esa butun kunini mashqlar bilan o‘tkazishi mumkin»

Foto: Daily Mirror

Argentinaning «Boka Xuniors» klubi hujumchisi Karlos Teves «Barselona» va «Yuventus» a'zolari Lionel Messi va Krishtianu Ronalduning mashg‘ulotlarini taqqoslab, quyidagicha fikr bildirdi.

«Messini hech qachon sportzalda ko‘rmaganman. Umuman olganda, men uning to‘p bilan ishlayotgani va boshqa mashqlar bajarganiga ko‘zim tushmagan. Messi hammasini tabiiy ravishda uddalaydi.

Ronalduga kelsak, uning uchun mashg‘ulotlar yopishqoq g‘oyaga aylanib qolgan. Krishtianu Ronaldu butun kunini sportzalda o‘tkazishi mumkin. Bir kuni ertalab soat 6 da mashg‘ulot o‘tkazish uchun kelganimda u allaqachon shug‘ullanishni boshlab yuborgan edi», - degan Tevesning so‘zlarini keltirib o‘tdi Depor.

Eslatib o‘tamiz, Teves «Manchester Yunayted» klubida Ronaldu bilan birga to‘p surgan bo‘lsa, Argentina terma jamoasida Messi bilan jamoadosh bo‘lgan.

34 yoshli Teves «MYu», «Manchester Siti» va «Yuventus» kabi grandlar safida tanilgan. U o‘tgan mavsumni «Boka Xuniors» safida o‘tkazib, Argentina Primerasida 10 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urdi.

Mavzuga oid