Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda erkak qiziga nojo‘ya harakatlar qilgan qo‘shnisi tomonidan qasddan o‘ldirildi
2018 yil 11 sentabr kuni soat 20:45larda Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida qotillik yuz berdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, Boysunobod mahallasida yashovchi fuqaro X. (1977 y.t. erkak) qizi P.ga uyatsiz va buzuq harakatlar qilgan qo‘shnisi M.ning (1998 y.t. erkak) yashash uyiga borib u bilan o‘zaro janjallashishi natijasida, M. oshxona pichog‘i bilan uning chap ko‘krak qafasiga urib, qasddan o‘ldirgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
11:58 / 24.05.2025
Surxondaryoda giyohvandlik vositasini 20 ming dollarga sotishga uringan shaxslar ushlandi
16:51 / 22.05.2025
Vashingtonda Isroil elchixonasining ikki xodimi otib o‘ldirildi
09:12 / 22.05.2025
Surxondaryoda qovun yegan fuqarolar zaharlangani rad etildi
16:37 / 20.05.2025