Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tuyamo‘yin suv ombori, Ellikqal'a va Bo‘ston kanallarida zamonaviy kuzatuv tizimi joriy etiladi
Suv xo‘jaligi tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya va innovatsion texnologiyalarning joriy etilishini ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.
Qaror bilan suv xo‘jaligi tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya va innovatsion texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar tasdiqlandi.
Markaziy dispetcherlik, kommunikatsiya va kadastr xizmatida suv sarfi va boshqa ko‘rsatkichlar bo‘yicha yagona ma'lumotlar bazasini yaratish uchun maxsus server, katta videoekran (multi displey), zamonaviy kompyuter, plotter, proyektor, printer va boshqa uskunalar bilan jihozlanadi.
Endilikda Tuyamo‘yin suv ombori, Ellikqal'a va Bo‘ston kanallarida Jahon banki mablag‘lari hisobidan zamonaviy kuzatuv va boshqaruv tizimi o‘rnatiladi.
BMTning oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti dasturlari amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, suv resurslaridan foydalanish va ularni boshqarish, shuningdek, suv xo‘jaligi inshootlaridan foydalanishda zamonaviy mobil ilovalar va veb-sahifalardan foydalaniladi.
Mavzuga oid
14:52 / 22.05.2025
Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi tasdiqlandi
10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi
20:43 / 11.05.2025
Olimlar Mars qa’rida ulkan ko‘l borligini aniqladi
13:54 / 01.05.2025