O‘zbekiston | 10:21 / 13.09.2018
7938
2 daqiqa o‘qiladi

“O‘zbekgidroenergo” va “Belaz” o‘rtasida yirik hamkorlik memorandumi imzolandi

Foto: O‘zbekgidroenergo

Dunyoga mashhur avtomobil zavodi hisoblangan “BelAZ” OAJ “O‘zbekgidroenergo” AJning doimiy hamkori hisoblandi. Mazkur zavod bilan hamkorlik zavod tomonidan ishlab chiqarilgan avtosamosvallar yordamida bugungi kunda jadallik bilan qurilish ishlari olib borilayotgan mini, kichik, o‘rta va yirik gidroelektrostansiyalarini qurish jarayonida foydalanib kelinmoqda. 

“O‘zbekgidroenergo” AJ boshqaruvi raisi Abdug‘ani Sanginov Belarusning BelAZ OAJ rahbari Pyotr Parxomchik boshchiligidagi delegatsiya a'zolari  bilan uchrashdi. Mazkur uchrashuv do‘stona, samimiy ruhda bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuvda  jamiyat tomonidan hududlarda qurilayotgan GESlar uchun hamda Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida qurilayotgan yirik “Pskem” GESining qurilishi uchun zarur bo‘lgan 42-45 tonnani tashkil etuvchi og‘ir karer  samosvali, ya'ni BelAZ-7547 rusumli avtosamosvallarni xarid qilish va ularni yetkazib berish borasida kelishib olindi.

Uchrashuv so‘ngida “O‘zbekgidroenergo” AJ va “BelAZ” OAJ o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. 

Mavzuga oid