Light | 16:22 / 14.09.2018
11361
6 daqiqa o‘qiladi

Baskin Robbins haqida 15 qiziqarli fakt

Yaqinda ma'lum bo‘ldiki, dunyoga mashhur qahvaxona tarmoqlaridan biri Baskin Robbins Toshkentda o‘z faoliyatini boshlamoqda. Biz dunyoni zabt etgan ushbu savdo belgisi haqida o‘zimizning kichik tadqiqotimizni o‘tkazib, uning natijasiga ko‘ra 15 ta qiziq faktni e'tiboringizga havola qilishga qaror qildik.

1. Tabiiy tarkib

Baskin Robbins muzqaymoqlari tabiiy qaymoq, mevalar, tabiiy pyure va oraliq surmalar, rezavor meva va yong‘oqlardan iborat, zararli ingrediyentlar va palma moyisiz ishlab chiqariladi. Xullas, Baskin Robbins muzqaymoqlari ortidan borayotib o‘zingiz va bolalaringiz salomatligi uchun bexavotir iste'mol qila olishingiz mumkinligiga ishonchingiz komil bo‘lishi mumkin.

2. Turli xil ta'mlar

Baskin Robbins kompaniyasi – muzqaymoq turlari borasida dunyoda yetakchi hisoblanadi.Baskin Robbins muzqaymoqlari 1000 xildan ortiq ta'm turlariga ega! Har kim o‘zi yoqtirgan ta'm va mazani topa oladi. “Bizlar taklif etayotgan ta'mlar barchaga birdek yoqmasligi mumkin, biroq har bir ta'm kim uchundir albatta eng sevimlidir”, - deydi Barton Baskin. “Biz muzqaymoq emas, balki xursandchilik sotamiz”, - deydi Irvin Robbins.

Foto: Baskin Robbins

3. Milliardlar ishonchi

Baskin Robbins 76 yillik faoliyati davomida nafaqat butun dunyoga mashhur bo‘ldi, balki dunyoning 54 mamlakatida istiqomat qiluvchi milliardlab insonlar ishonchini qozona oldi. Bu raqam yana o‘sishda davom etmoqda.

4. Eng yirik qahvaxona-muzqaymoqlar tarmog‘i

Ha, albatta, bu haqiqatdan ham butun yer sharidagi eng yirik muzqaymoq qahvaxonalari tarmog‘idir. 2018 yilning iyulida 8 minginchi savdo nuqtasi ochildi.

5. Baskin Robbins da ishlagan mashhurlar

Barcha kompaniyalar ham sobiq xodimlari orasida 2 prezident borligi bilan faxrlana olishmaydi. Bu AQShning 44-prezidenti Barak Obama va Haiti respublikasining 42-prezidenti Rene Garsiya Preval, yoshlik chog‘larida Baskin Robbins qahvaxonasida ishlashgan.

6. Butunjahon sifat nazorati

Bu jihat haqiqatdan ham e'tiborga loyiqdir. Baskin Robbins muzqaymog‘ini qayerda tatib ko‘rmang, siz bir xil maza va sifatni his qilasiz. Buning sababi, kompaniya mahsulotlari xalqaro sifat standartlarining ko‘p darajali tekshiruvidan o‘tishidir. Yuqori sifat esa, muzqaymoq ishlab chiqarish texnologiyasining to‘liq nazorat qilinishi natijasida ta'minlanadi.

7. Savdo belgisidagi 31 raqami

Baskin Robbins savdo belgisiga e'tibor berib qaraganingizda 31 raqamiga ko‘zingiz tushadi. Bu nimani anglatadi? Baskin Robbins qahvaxonalarida mijozlarini har kuni kutishadi va butun oyning har bir kunida bittadan yangi ta'mli, mazali muzqaymoq taklif eta olishadi. Ya'ni bir oy mobaynida har kuni qahvaxonaga tashrif buyurib, muzqaymoqni tanovul qilishingiz mumkin va ta'mlar aslo takrorlanmaydi.

Foto: Baskin Robbins

8. Muzqaymoqning yirik ulushi

Baskin Robbins muzqaymoq shari haqiqatdan ham katta hajmda. Muzqaymoqni dumaloq shaklga keltirishga doir maxsus uslub sabab (Baskin Robbins o‘zi ataylab xodimlarini bunga o‘rgatadi), muzqaymoq sharchasi standart o‘lchamdan sezilarli darajada katta va odatdagidek 50 gramm emas balki 70 gramm bo‘ladi.

9. Shakarsiz muzqaymoq

Baskin Robbins sevimli mijozlarining salomatligidan qayg‘urib, muzqaymoqlarning shakarsiz maxsus turlarini ishlab chiqdi. Endilikda, qand miqdorini nazorat qiladigan va parhez tutayotganlar uchun ham muzqaymoqlar mavjud. Baskin Robbins bir necha tur shakarsiz muzqaymoqlar ishlab chiqaradi.

10. “Layt” muzqaymoqlari

Aynan shu, yuqoridagi sabablarga ko‘ra, Baskin Robbins yog‘ miqdori kam bo‘lgan muzqaymoqlarni ham ishlab chiqaradi. U kaloriyalarni hisoblab yuruvchilar uchun juda mos keladi.

11. Muzqaymoqli kokteyllar

Baskin Robbins muzqaymoqlaridan tayyorlanadigan kokteyllar mazasini hech bir so‘z bilan ta'riflab bo‘lmaydi. Qolaversa, ular ham butunlay tabiiydir.

12. Mazali qahva

Baskin Robbins restoranlaridagi qahva haqida alohida so‘z yuritish joiz. Maxsus tanlab olingan nav va to‘g‘ri tayyorlanganligi sababli qahva haqiqatdan ham juda mazalidir. Tashrif buyuring va bunga shaxsan ishonch hosil qiling.

13. Desertlar va yangi pishirilgan pishiriqlar

Baskin Robbins mahsulotlari faqatgina muzqaymoq, kokteyl va qahva bilan chegaralanib qolmaydi. Taomnomada har doim sovuq desertlar va yangi pishiriqlar mavjuddir. Shunday ekan, eng injiq mijoz ham o‘ziga yoqqan taom topa oladi.

14. Baskin Robbins ni bolalar sevishadi

Baskin Robbins desa, bolalar aqllarini yo‘qotishadi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Kattalar ham ulardan xoli emas. Baskin Robbins qahvaxonasiga bir marta tashrif buyurgach, u yerga qayta va qayta qaytgingiz keladi.

Foto: Baskin Robbins

15. Kafelarning qulay joylashishi

Baskin Robbins kafelari har doim mijozlarga qulay joylarda joylashgan. Har bir kishi Baskin Robbins kafesiga kirib, muzqaymoqdan tamaddi qilish, bolalik baxti, beg‘uborligidan bahra olish niyatida bir necha 10 daqiqa qolish uchun sabab topa oladi...

P.S.: Siz bilan ushbu hayratomuz muzqaymoqni tatib ko‘rib, yuqoridagi faktlar qanchalik haqiqatga mos kelishini tekshirib ko‘ra olishimizga oz fursat qoldi.

O‘zbekistonda faoliyatini boshlash arafasida turgan Baskin Robbins yangiliklarini ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.

Feysbuk: fb.com/baskinrobbins.uzb

Instagram: instagram.com/baskinrobbins.uzb

Telegram: t.me/baskinrobbins_uzb

Mavzuga oid