Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniya: YeI Trampning bosimiga qarshi yevro rolini kuchaytirmoqchi
Ispaniya tashqi ishlar vaziri Jozep Borrelning ma'lum qilishicha, Yevropa ittifoqi AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan bosimga yo‘l qo‘ymaslik uchun yevroning global rolini kuchaytirishni istamoqda. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
Agentlikning ta'kidlashicha, bu Yevropa yetakchilari ko‘proq muxtoriyatga erishishga intilayotganining so‘nggi belgisi hisoblanadi.
«Biz Amerika Qo‘shma Shtatlari tahdidlarini bartaraf etishning yo‘lini topishimiz kerak», - dedi Borrel.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyadan 41 milliard dollar olib chiqib ketilishi xabar berilgandi.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, mamlakatdan 2018 yil oxiriga qadar avvalroq aytilganidek 18 milliard emas, balki 41 milliard dollar miqdoridagi mablag‘lar olib chiqib ketiladi.
Mavzuga oid
11:49 / 26.05.2025
Donald Tramp Yevroittifoqdan import uchun bojlarni 9 iyulgacha kechiktirdi
13:40 / 24.05.2025
Ispaniya banki O‘zbekistonda loyihalarni moliyalashtirishga qiziqish bildirmoqda
09:11 / 23.05.2025
Ukraina Yevroittifoqqa qurolli kuchlarini bevosita moliyalashtirishni taklif qildi
18:05 / 21.05.2025