Light | 15:54 / 15.09.2018
18863
5 daqiqa o‘qiladi

Karerangiz uchun muhim bo‘lgan 5 ta ustoz-shogird munosabati

Karera bo‘yicha bloger Meri Abgesanva ustozlik munosabatlarining qanday turlari mavjudligi va ustozni qayerdan topish kerakligi haqida aytib berdi.

Foto: Unsplash

1. An'anaviy ustoz/do‘st

Odamlar do‘st haqida o‘ylaganida aynan shu munosabatlarni tasavvur qilishadi. Sizning lavozimingizdan bir yoki ikki pozitsiyaga yuqori lavozimdagi odam. Sizning sohangizda ishlab, biroz avval siz duch kelgan qiyinchiliklarga duch kelgan kishi. Sizga ilhom berib, muvaffaqiyatli insonga aylanish borasida yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadigan va kompaniya hamda sohangizdagi noma'lum qoidalarni tushuntiradigan inson.

Ular sizga qanday yordam bera oladilar: Kerakli odamlar bilan tanishtiradi, kompaniyada nima qilish va nima qilmaslik haqida so‘zlab beradi hamda muvaffaqiyati sirlari bilan o‘rtoqlashadi.

2. «Tengdosh-ustoz»

Ehtimol, bu eng qadrlanmaydigan ustozlik munosabatlari turlaridan biri. Qanchalik tez-tez o‘z hamkasblaringizga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishga harakat qilyapsiz? Rag‘batlantirish, ilxom berish va maqsad hamda intilishlarda bir-biringizni qo‘llab-quvvatlash.

Hamkasblar bilan “ish jamoasi”ni to‘plang. Ularni rag‘batlantiring va bir-biringizni mushkul vaziyatlarda qo‘llab-quvvatlang, yangi g‘oyalar taklif qiling.

Men kompaniyamda tengdosh-ustozlarim bo‘lmaganida qiyinroq bo‘lar edi deb hisoblayman.

Ularni qanday topish kerak: Bu kompaniyaga siz bilan birga kelgan odamlar. Siz ishonadigan va do‘stona munosabatlar o‘rnatadigan hamkasblar. Netvorking tadbirlariga borish orqali boshqa yosh professionallar bilan tanishishingiz mumkin.

Ular sizga qanday yordam beradi: Siz ularda o‘z g‘oyalaringizni tekshirishingiz va norozilik, tashvish hissini namoyish etishingiz, kompaniya yoki soha yangiliklarini birgalikda muhokama qilishingiz mumkin. Ular esa sizni o‘z do‘stlari bilan tanishtiradilar.

Foto: Unsplash

3. «Aks ustoz»

Kim bo‘lib ishlashingizdan qat'iy nazar “aks ustoz”, ya'ni sizdan kichkina odamga ega bo‘lish muhim. Albatta, ko‘pchilik ustozlikning bunday turi befoyda deb hisoblaydilar. Biroq innovatsiyalar dunyoga qay darajada tez kirib kelayotgani hisobga olinsa, unga e'tibor qaratish lozim.

Ularni qanday topish kerak: Yosh qarindoshlar, oila do‘stlari va o‘rta maktab o‘quvchilari.

Ular qanday yordam bera oladilar: Zamonaviy trend va yoshlar qiziqishlari haqida gapirib beradilar.

4. Katta ustoz/homiy

Men katta ustoz yoki homiy sohangizda sizdan kamida o‘n yil oldinda yuradi, deb hisoblayman. Bunday kishi siz ishlaydigan kompaniyadan bo‘lsa, yanada yaxshi. U sizga strategik qarorlar qabul qilishda yordam beradi. Masalan: “Ish bo‘yicha yangi taklifni qabul qilishim kerakmi?” Men X nuqtaga yetishni istayman, kim menga bu borada yordam bera oladi?”. Ularning tajribasi katta, siz bilan ularni o‘rtoqlashishga tayyor.

Ularni qayerdan topish kerak: Kompaniyadagi netvorking tadbirlarida an'anaviy ustoz orqali.

Ular sizga qanday yordam beradi: Karera borasida strategik qarorlar qabul qilishda yordam berib, sizni kerakli insonlar bilan tanishtiradilar.

Foto: Unsplash

5. Siz o‘zingiz

Ustozlarning qadri baland. Cheksiz resurslar – kitob, podkast, biografiya, bloglarga boy bu dunyoda o‘zingizga ta'lim berish va o‘z-o‘zingizga ustoz bo‘lishga majbursiz. Bu resurslar yordamida sizga Bill Geyts va Richard Brenson maslahatlari beriladi. O‘z maqsadlaringizni yozib boring va natijalarni kuzating. Mutolaa uchun vaqt ajrating. Tinglashni o‘rganing. O‘zgalar gapirayotganlariga quloq solish orqali ham istalgan narsani o‘rganishingiz mumkin, deb hisoblayman.

Ularni qanday topish mumkin: kitob, podkast, YouTube’da.

U sizga qanday yordam beradi: Dunyoning eng yaxshi ustozlaridan biror nima o‘rganasiz.

Ustozlar haqida o‘qib, ularning kareradagi muvaffaqiyatlarini kuzatib, veb-saytlaridagi ma'lumotlar bilan tanishib, ijtimoiy tarmoqlarda ularni kuzatib, ular nutq so‘zlaydigan tadbirlarda ishtirok etib o‘zingizga ustoz izlang.

Bunday munosabatlarni o‘rnatish uchun bugun nima qila olasiz?

  • Ushbu turdagi ustoz munosabatlari haqida qaydlar yozing va ular sizning karerangizda mavjudligi haqidagi savolga javob bering.
  • Ustozlar bilan doimiy ravishda muloqotda bo‘ling.
  • O‘rganganlaringizni yozib boring.
  • Har yili ustozlik munosabatlaringizni o‘rganing.

Manbalar:

Kompaniya/universitetingizdagi ustozlik dasturlari. Agar bunday dastur kompaniyangizda bo‘lmasa, uni o‘zingiz ishga tushiring.

Mavzuga oid