Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Berlin marafonida jahon rekordi o‘rnatildi
Keniyalik yuguruvchi Eliud Kipchoge marafonda yugurish bo‘yicha yangi jahon rekordini o‘rnatdi. Berlindagi musobaqada u masofani 2 soatu 1 daqiqa va 40 soniyada bosib o‘tdi.
Bu orqali u 2014 yil Berlin marafonida keniyalik boshqa bir sportchi Dennis Kimmeto tomonidan o‘rnatilgan rekordni 1 daqiqadan ortiqroq vaqtga yaxshiladi.
2017 yilning mayida Nike kompaniyasining reklama kampaniyasi doirasida Kipchoge bu masofada 2:00:25 ko‘rsatkich qayd etgandi. Bu ham rekord natija bo‘lgan, ammo o‘shanda rasmiy hisoblanmagandi.
Kipchoge 2016 yilgi Rio-de-Janeyro Olimpiadasining oltin medali sovrindori hisoblanadi. U 2018 yil yozida o‘tkazilgan London marafonida ham g‘olib chiqqan.
Mavzuga oid
17:56 / 16.05.2025
Amerikalik ayol sochiga osilib turgan holda rekord o‘rnatdi
00:16 / 06.05.2025
Maldiv prezidenti matbuot anjumani davomiyligi bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi
13:04 / 04.03.2025
Yaponiyada dunyodagi eng kichik bog‘ mavjud: uning maydoni yarim metrdan kam
11:56 / 06.02.2025