Suvdan oqilona foydalanish: Matbuot xizmatlari va OAV xodimlari uchun trening bo‘lib o‘tdi
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida O‘zbekistonning davlat idoralari matbuot xizmatlari va jurnalistlar uchun "Matbuot xizmatlari va OAV: suvdan oqilona va samarali foydalanish mavzusini yoritishda o‘zaro hamkorlik" nomli trening o‘tkazildi. Tadbir Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi (MOMEM)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan tashkil etilgan, deya xabar beradi KUN.UZ muxbiri.
Jurnalistlar va matbuot xizmatlari xodimlari suvga doir nazariy bilim olish barobarida ushbu mavzuni yoritishda tomonlar bilan hamkorlik qilish masalalarini muhokama qilishdi. Trening davomida ishtirokchilar o‘zaro hamkorlik usullarini shakllantirib, zarur tahlil va xulosalar chiqarishdi.
Tadbirni Rossiya Ijtimoiy tizimlarni strategik boshqarish institutining strategik rivojlanish bo‘yicha direktori Andrey Boytsov o‘tkazdi. U OAV va matbuot xizmatlari vakillari faoliyatidagi ijobiy va salbiy jihatlar haqida so‘z yuritib, ularni tahlil qildi.
Andrey Boytsov ta'lim berish sohasida katta tajribaga ega bo‘lib, keng ko‘lamli ijtimoiy faoliyat olib boradi. U Sankt-Peterburg gubernatorligi qoshidagi Kichik tadbirkorlikni rivojlantirish jamoatchilik kengashining etika va ijtimoiy javobgarlik bo‘yicha komissiyasi a'zosi, «NOE» Xalqaro biznes olim va tadqiqotchilari hamjamiyati (AQSh), Leningrad olimlar ittifoqi (RF) a'zosi va Planetary Development Institute(BAA) eksperti hisoblanadi.
Mazkur trening mashg‘uloti UzWaterAware loyihasi doirasida MOMEM hamda O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi hamkorligida tashkil qilingan bo‘lib, Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladi.
Trening yakunida jurnalistlar va matbuot xizmatlari xodimlariga sertifikatlar topshirildi.
Mavzuga oid
12:10 / 20.11.2024
O‘zbekistonda foydalaniladigan suv resurslari 90 foizi qishloq xo‘jaligiga to‘g‘ri kelyapti
08:48 / 08.11.2024
Suv tannarxi oshib ketayotgan hududlar ma’lum qilindi
21:48 / 28.10.2024
Qirg‘iziston qo‘shni davlatlarga qancha suv berayotganini e’lon qildi
12:00 / 26.10.2024