Turkmaniston kemalar qurishni rejalashtirmoqda
Turkmaniston turli sinfdagi va turdagi kemalar qurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Turkmaniston vazirlar mahkamasi yig‘ilishida ma'lum qilindi.
Vazirlar mahkamasi raisining transport-kommunikatsiyasini nazorat qiluvchi o‘rinbosari M.Chakiyevning aytishicha, ayni vaqtda respublikadagi “Balkan” kemasozlik va ta'mirlash zavodida uchta kema – “Turkmaniston” va “Mahtumquli” yuk kemalari va “Bitarap” neft tankeri ta'mirlanmoqda.
Yaqin istiqbolda turli sinfdagi va turdagi kemalarni qurish rejalashtirilmoqda. Ular orasida g‘ildirakli texnikani (avtomobillar, yuk mashinalar, tirkamalar va vagonlar) tashish uchun RO-RO paromlari bor.
Chakiyev Boeing 737 MAX 7 samolyotlarini sotib olish haqidagi loyihani ham taqdim qilgan. U mamlakat prezidentining so‘zlarini keltirib o‘tib, mamlakat transport siyosati transport majmuasi quvvatlarini oshirish va milliy dengiz floti salohiyatini kengaytirishni talab qilishini aytgan. Bunda “Balkan” zavodi mahalliy kemasozlikni rivojlantirish uchun asos bo‘lishi lozim. Chakiyev tegishli mutaxassislarni mamlakatda va xorijda tayyorlash muhimligiga e'tibor qaratgan.
Mavzuga oid
22:04 / 03.09.2024
Ozarboyjon va O‘zbekiston parom ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi
16:14 / 03.09.2024
“Jahannam darvozasi”. Turkmanistondagi eng diqqatga sazovor joylardan biri bo‘lgan gaz krateri haqida nimalar ma’lum?
16:30 / 01.09.2024
Eng arzon transport: dunyo kemasozligida yetakchi davlatlar va kompaniyalar
17:24 / 15.08.2024