Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Rossiyani Kim Chen Inning akasi o‘ldirilishiga aloqadorlikda aybladi
Rossiya KXDR yetakchisi Kim Chen Inning akasi Kim Chen Namni asabni falaj qiluvchi modda yordamida o‘ldirishda Shimoliy Koreya maxsus xizmatlariga yordam bergan. AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeyli BMT xavfsizlik kengashi yig‘ilishida ana shunday bayonot bilan chiqdi.
«KXDR Kim Chen Namga nisbatan qotillikni biologik moddani Shimoliy Koreyaga bergan Rossiya yordamida amalga oshirgan», — dedi Xeyli. Xeyli shuningdek, Rossiya BMTni KXDR bilan bog‘liq masalalarda «aldayotganini» aytdi va sanksiyalarni «surunkali» buzib kelishni to‘xtatishni talab qildi.
Yig‘ilishdan avvalroq AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Rossiya Xavfsizlik kengashining Shimoliy Koreyaga nisbatan kiritgan sanksiyalar rejimini «faol tarzda buzishga» urinishda va uning rezolyutsiyasiga rioya qilmaslikda ayblagandi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025