Light | 15:12 / 17.09.2018
12634
4 daqiqa o‘qiladi

Xitoydagi eng ijodiy maskan – Dafen qishlog‘i

Foto: ARTSY

Xitoy imidjining tarkibiy qismini qalbaki buyumlarni ishlab chiqarish ham tashkil qiladi. Ularning sifati turlicha, biroq dunyo bo‘ylab tarqalgan.

San'at ham rassomchilik asarlari nusxalarini yaratish industriyasiga aylangan. Ularni chizish Dafen nomli qishloqning asosiy faoliyatidir. Bu yerda mashhur rassomlarning turli mamlakatlarda sotiladigan asarlari yaratiladi. Nusxalarni yaratish biznesga aylangan.

Foto: ARTSY

Dafen rassomlar maskani qishloq emas, Shenchjen shahri tashqarisidagi oddiy ixcham tuman. U yerda G‘arbiy Yevropa san'at asarlari durdonalarini ommaviy ravishda yaratishni o‘zining kasbi deb bilgan yarim million rassomlar istiqomat qiladi. Yil davomida ular besh milliongacha surat ishlab chiqarishadi. G‘aroyib nusxalarni mehmonxona, do‘kon va turli mamlakatlar galereyalarida osig‘liq holda uchratish mumkin.

Foto: ARTSY

Mazkur surat fronti ishchilari o‘z ishini noto‘g‘ri deb hisoblamaydi. Bundan tashqari, mahalliy qonunlarga ko‘ra, bu – qonuniy biznes.

Tor ko‘chalar bo‘ylab ustaxonalar qatorlari joylashgan bo‘lib, u yerdan shaxsiy tanlovga asosan istalgan asarni sotib olish yoki uni chizishga buyurtma berish mumkin. Suratlar obro‘li rassomchilik akademiyasi diplomiga ega mehnatkashlar tomonidan yaratilgan. Ular bir tipli suratlarni yaratishdan boshqa yaxshiroq ish topishga muvaffaq bo‘lishmagan.

Foto: ARTSY

Bu yerda ish qizg‘in: kimdir stolda o‘tirib, chizmalar chizmoqda, boshqa birov molbert yonida ijod qilmoqda, yana boshqa rassom esa rassomchilik materiallari bilan savdo qilmoqda. Rassomlar yonida nusxa ko‘chirilayotgan suratlarning asl nusxasining fotosi bo‘ladi.

Deyarli har bir asar yuqori sifatli: axir usta bir turdagi suratlarni kundalik ravishda ishlab chiqarib, qo‘lini “pishitgan”.

Foto: ARTSY

Ijodiy maskan tarixi 90-yillarda boshlandi. O‘shanda shaharga chizishni xush ko‘radigan tadbirkor Xuan Tszyan tomonidan boshqarilgan 20 kishidan iborat rassomlar guruhi tashrif buyurdi. Ularning maqsadi san'at asarlarini oddiy fuqarolar sotib olishi uchun arzon narxga sotib, “shtamplashtirilish”ni yo‘lga qo‘yishdan iborat edi.

Foto: ARTSY

Ilk ko‘chib kelgan rassomlar

Ish daromadli tus oldi. Nusxalarni xarid qilishga doimiy ravishda o‘sib boruvchi talab ishga yangi iste'dod vakillarini jalb etishni taqozo etardi.

Biznesning muvaffaqiyati haqida quyidagi ko‘rsatkichlar guvohlik beradi: bugun barcha qalbaki nusxalarning 60 foizi Dafenda tayyorlanadi.

Foto: ARTSY

Bu jarayonni o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rmaguncha ijodkorlarning ish haqi to‘g‘risida gapirish mushkul. Chjao rassomlarning so‘zlariga ko‘ra, u Van Gogning 70 mingta rasmlarini sotishga muvaffaq bo‘lgan. Ularning har biri 30 dollardan 230 dollargacha baholangan.

Internetda rassom oyiga 800 mingdan 100 ming dollargacha ishlab topishi mumkinligi to‘g‘risidagi ma'lumotlar bor.

Mavzuga oid