Xitoylik sayyohlar sababli Xitoy va Shvetsiya o‘rtasida diplomatik mojaro chiqdi
Stokgolmdagi mehmonxonalardan birida xitoylik sayyohlar bilan yuz bergan noxush voqeadan keyin Xitoy va Shvetsiya o‘rtasida diplomatik mojaro chiqdi. Bu haqda The Guardian nashri xabar berdi.
8月1日下午5时,韩国乌山空军基地,在庄严隆重的遗骸回归仪式之后,盛装55具韩战联合国军士兵遗骸的棺椁再次登机,即将飞往夏威夷太平洋美军基地。 pic.twitter.com/6qhwHXOiEC
— 凡谷谷 (@gugufan1) August 1, 2018
Ma'lum qilinishicha, xitoylik Zenlar oilasi – keksa yoshli er-xotin va ularning o‘g‘li Shvetsiya poytaxtidagi xostelga 2 sentabrda unga kirishlari kerak bo‘lgan vaqtdan bir necha soat oldin, ya'ni yarimtun atrofida kelgan. Mehmonxona xodimlari sayyohlarga bino ichida kutib turishga ruxsat berishgan, biroq birozdan keyin uni tark etishni so‘rashgan hamda politsiyachilarni chaqirtirishgan. Xitoy tomonining ta'kidlashicha, voqea joyiga kelgan politsiyachilar xitoylik oilani ko‘chaga chiqarib tashlagan.
Zenlar o‘g‘li Global Times nashri bilan suhbatda o‘zining keksa ota-onasidan xavotir qilib, mehmonxona xodimlaridan yordam so‘raganini ma'lum qilgan. O‘z navbatida, mehmonxona boshqaruvchisining Aftonbladet shved nashriga ma'lum qilishicha, xitoyliklar mehmonxona xodimlariga do‘q-po‘pisa qilishni boshlashgach, politsiya chaqirtirilgan.
Xitoy Shvetsiyadan ushbu hodisa sababli Zenlar oilasidan uzr so‘rashni talab qilmoqda. Xitoyning Shvetsiyadagi elchisi Xitoy tashqi ishlar vazirligi Shvetsiya tashqi ishlar vazirligiga murojaat qilib, politsiya xatti-harakatlari Xitoy fuqarolari hayotiga jiddiy xavf solgani va bu holatda inson huquqlari buzilganini aytgan.
The Guardian nashrining ta'kidlashicha, ushbu hodisa Shvetsiyaga Dalay-lamaning safari sababli Pekin va Stokholm o‘rtasidagi munosabatlarda yuzaga kelgan taranglik ortida sodir bo‘lgan. Xitoy Tibetni o‘z hududi deb hisoblashi sababli, Dalay-lamani tan olmaydi. Shvetsiyada esa Xitoyda kelib chiqishi xitoylik bo‘lgan shved fuqarosi Maykl Guy hibsda ushlab turilganidan xavotir bildirilmoqda.
Mavzuga oid
22:14 / 19.11.2024
Shvetsiya prokuraturasi Boltiq dengizi tubidan o‘tgan kabellarga shikast yetkazilishini qo‘poruvchilik deb baholadi
22:40 / 05.11.2024
Mudofaa «yashil energetika»ga qarshi: Shvetsiya 13 ta shamol generatori qurilishiga ruxsat bermadi
21:59 / 02.11.2024
Shvetsiyada noqonuniy migrantlarga qarshi kurash kuchaytiriladi
08:00 / 16.10.2024