Kreml Skripallarni zaharlagan shaxslar bo‘yicha Putinga ishonishga chaqirdi

Foto: Artem Sizov/«Gazeta.Ru»
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Skripallarni zaharlagan shaxslar - Aleksandr Petrov va Ruslan Boshirovning shaxsiy ma'lumotlari tufayli izoh berdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.
Ta'kidlanishicha, Petrov va Boshirov haqidagi ma'lumotlar go‘yoki maxfiylashtirib qo‘yilgan, ularning telefon raqamlari esa Mudofaa vazirligining raqamlariga mos keltiriladi.
«Men uchun prezidentning so‘zlari boshqa turli noma'lum ma'lumotlarga qaraganda, ishonish uchun katta asosdir», - deya ma'lum qilgan Peskov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya hukumati Britaniya hukumati tomonidan Skripallar ishi bo‘yicha gumonlanayotgan Aleksandr Petrov va Ruslan Boshirov haqida ma'lumotlarga egaligi haqida ma'lum qilgandi. Uning aytishicha, bu shaxslar britanlar aytganidek «Razvedka boshqarmasi xodimlari» emas, balki oddiy rossiyalik fuqarolardir.
Bundan avval Kreml Skripallarni zaharlagan shaxslar haqida ma'lumotga ega emasligini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid

10:36
Rossiya Barens dengizi to‘g‘risidagi kelishuvdan chiqdi

23:11 / 18.04.2025
Toshkent va Moskva migrantlarni tanlab olish jarayonini O‘zbekistonga ko‘chirish ustida ishlamoqda

22:04 / 18.04.2025
Migrantlar uchun rus tili imtihonlari Rossiya budjetiga 30 million dollar keltirdi

21:05 / 18.04.2025