Rossiya Buyuk Britaniyani masxara qilayotgani aytildi
Rossiya Solsberida «Novichok» moddasi bilan zaharlash holati yuz berganidan so‘ng, Buyuk Britaniya ustidan kulmoqda, axborot urushini olib bormoqda hamda ushbu davlatning atayin g‘ashiga tegmoqda. Britaniya tomoni aynan Moskvani zaharlash bilan bog‘liq vaziyatga aloqador deya hisoblaydi, deb yozmoqda The Guardian gazetasi jurnalisti Keroll Kadvaladr.
Muallifning ta'kidlashicha, «uyg‘onish» vaqti kelgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu «siyosiy teatr» shakliga o‘tib ketgan urushdir.
«Biz buni tan olish uchun kechikdik. Boz ustiga, bunga qarshi izchil strategiya masalasida g‘aflatda qolib ketdik», - deyiladi The Guardian’ning materialida.
Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi rasmiy tvitter-akkaunti «diplomatiya haqidagi barcha tan olingan tushunchalarni buzib tashladi», shuningdek, mamlakatning g‘ashiga tegib, Rossiya tashqi siyosatini tanqid qiluvchi har bir kishi yoki tuzilmani masxara qilmoqda hamda ustidan kulmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Britaniya hukumati tomonidan GRU sobiq xodimi Sergey Skripal va uning qizi Yuliyani zaharlashda ayblangan rossiyaliklar Aleksandr Petrov va Ruslan Boshirov RT telekanali bosh muharriri Margarita Simonyanga berilgan intervyudan so‘ng o‘z telefonlarini o‘chirib qo‘ygani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
18:44
Yevropa yangi energetika inqiroziga duch kelmoqda - OAV
15:56
Rossiya kompaniyasi O‘zbekiston fuqarolarini qurilish sohasida ishga olmoqchi
14:18
Rossiya o‘zbekistonliklarni sendvich-panellar ishlab chiqarish sohasida ishga olmoqchi
14:15