Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Ustoz” ko‘rgan “shogird”: Endi Buloqboshi kadastr bo‘limi xodimi pora bilan ushlandi
Bundan ikki oy avval Andijon viloyati Buloqboshi tumani yer resurslari davlat kadastri boshlig‘i Ulug‘bek Rahmonov Davlat xavfsizlik xizmati Andijon viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan jinoyat ustida qo‘lga olingan edi. Mutasaddi mansabini suiiste'mol qilib, tuman hududidan 4 sotix yer maydoni ajratib berish uchun fuqaro U.B. dan 4 ming AQSh dollari talab qilgan va ko‘rsatilgan pul mablag‘ini olayotgan vaqtida jinoyat ustida qo‘lga olinib, unga nisbatan viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.
Buni qarangki, Ulug‘bek Rahmonovning jazolanishi uning hamkasblariga “dars” bo‘lmagan ekan. 2018 yil 13 sentabr kuni DXX Andijon viloyati boshkarmasi Buloqboshi tuman bo‘limi xodimlari hamda tuman Departament bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida yer resurslari davlat kadastri tuman bo‘limi yer tuzuvchi mutaxassisi A.Qo‘ldoshev, fuqaro D.B.ga “Shirmonbuloq Gulshodasi” fermer xo‘jaligiga qarashli bo‘lgan 1 sotix yer maydonini turar joy sifatida uning xonadoni yashash maydoniga qo‘shib berish uchun fuqarodan 1000 AQSh dollari miqdorida pul talab qilgan. Mutasaddi o‘zining “Tiko” avtomobilida pulni olayotganida qo‘lga tushdi.
A.Qo‘ldoshevga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tuman prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
08:37 / 26.05.2025
Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
20:04 / 22.05.2025
Xorazmda soliq inspektoriga, Qashqadaryoda esa sud ekspertiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
12:36 / 24.04.2025
Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti poraxo‘rlikda ayblanmoqda
10:53 / 22.04.2025