O‘zbekiston | 18:30 / 17.09.2018
5957
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning YuNeSKOdagi yangi elchisi ishonch yorliqlarini topshirdi

O‘zbekistonning YuNeSKOdagi yangi elchisi Umid Shodiyev tashkilot bosh direktori Odri Azulega ishonch yorliqlarini topshirdi.

Umid Shodiyev bungacha Nyu-Yorkda O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakolatxonasida maslahatchi bo‘lib ishlagan.

2008 yildan buyon O‘zbekistonning YuNeSKOdagi elchisi bo‘lgan Lola Karimova-Tillayeva 2 fevral kuni ushbu lavozimni tark etishi haqida ma'lum qilgan edi.

Ma'lumot uchun, O‘zbekiston 1993 yilning 26 oktabridan YuNESKOning a'zosi sanaladi. YuNESKOning O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi 1996 yil 23 apreldan boshlab faoliyat yuritmoqda.

Shu bilan birga, O‘zbekiston YuNESKO faoliyatida faol ishtirok etmoqda. Respublika Tashkilot Ijroiya kengashiga ikki marta - 1997-2001 yillar va 2009-2013 yillarda saylangan.

Mavzuga oid