Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston va O‘zbekiston harbiylari shartli terrorchilarga qarshi qo‘shma operatsiya boshladi
18 sentabr kuni So‘g‘ddagi «Choruxdayron» harbiy-o‘quv poligonida tarixda ilk bor Tojikiston va O‘zbekiston askar va ofitserlarining aksilterror mashg‘ulotlari boshlandi, deb xabar berdi "Aziya-Plyus".
Mashg‘ulotlar Tojikiston qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘i, mamlakat mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari general-leytenant Emomali Sobirzoda va O‘zbekiston qurolli kuchlari boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik Shavkat Ikromov boshchiligida o‘tkazilmoqda.
22 sentabrgacha bo‘lib o‘tadigan mashg‘ulotlarda ikki davlat askar va ofitserlari hamkorlikda aksilterror operatsiyalari o‘tkazishda harakatlarni muvofiqlashtirish masalalarini ko‘rib chiqadi.
Mashg‘ulotlar rejasiga ko‘ra, ikki davlat qurolli kuchlari xorijdan kirib kelgan va Farg‘ona vodiysidagi vaziyatni izdan chiqarishga uringan shartli terrorchilar guruhini qurshab olishi va yo‘q qilishi kerak bo‘ladi.
Mashg‘ulotlarga O‘zbekistondan 100dan ortiq va Tojikistondan 500 nafar askar va ofitserlar jalb etilgan.
Mavzuga oid
19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
14:10 / 14.05.2025
O‘zbekiston va Eron 1 mlrd dollarlik loyiha portfeli va savdo kelishuvlarini shakllantirdi
22:24 / 12.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
17:57 / 29.04.2025