Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yana 33 nafar shaxs: AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi
AQSh Rossiyaning “mudofaa va razvedka sektori” bilan bog‘liq shaxslarga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi. Bu haqda Oq uy ma'muriyatining yuqori lavozimli vakili ma'lum qildi.
AQSh prezidenti Donald Tramp imzolagan farmonga ko‘ra, Rossiya mudofaa va razvedka sektori nomidan harakat qiluvchi shaxslar ro‘yxatiga 27 nafar jismoniy va 6 nafar yuridik shaxs kiritilgan.
Ma'muriyat vakilining tushuntirishicha, ushbu holat bu shaxslarga nisbatan bevosita sanksiyalar qo‘llanmasligi, biroq ular bilan hamkorlik qilishga cheklov kiritilishini anglatadi.
Kompaniyalardan bu ro‘yxatga “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi, Rossiya mudofaa vazirligining “Oboronlogistika” logistika kompaniyasi va Komsomolsk-Amurdagi aviatsiya zavodi, “Agentstvo internet-issledovaniy”, Yevgeniy Prigojinning “Konkord menedjment i konsalting” va “Konkord keytering” kompaniyalari va uning o‘zi kiritilgan.
AQSh davlat departamentining ta'kidlashicha, Vashington “Amerika dushmanlariga qarshi sanksiyalar yordamida kurashish” qonuni (CAATSA) doirasida Rossiyaga qarshi sanksiyalar qo‘llashni davom ettiradi va barcha davlatlarni Rossiyaning mudofaa va razvedka sektori bilan munosabatlarni to‘xtatishga chaqiradi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025